Barqarorlik boshqaruvi

Barqaror investitsiya siyosati (2025-2030)

Boshqaruv sahifasiga qaytish

BARQAROR INVESTITSIYA SIYOSATI (2025-2030)

Ishlab chiquvchi: Reja-moliya bo'limi
Amal qilish muddati: 2025-2030 yillar
Qamrovi: Barcha tuzilmaviy bo'linmalar, loyihalar va investitsion faoliyat

Ushbu siyosat tashkilotning investitsiya faoliyatida iqtisodiy samaradorlik, ekologik mas'uliyat va ijtimoiy barqarorlik tamoyillarini joriy etishni maqsad qiladi. Siyosat O'zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risidagi qonuni, xalqaro barqaror rivojlanish tamoyillari va "yashil iqtisodiyot" yondashuvlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

MAQSAD VA VAZIFA

Barqaror investitsiyalar orqali xarajatlarni optimallashtirish, atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish va ijtimoiy qiymat yaratish maqsad qilingan. Dasturning vazifasi 5-10 yillik iqtisodiy samaradorligini baholash, potensial iqtisodiy risklarni aniqlash va ularni kamaytirish choralarini ishlab chiqish, investitsiya qarorlarini obyektiv asosda qabul qilish, ESG (Environmental, Social, Governance) va barqarorlik qoidalariga muvofiqlikni ta'minlash, ekologik ta'sirni kamaytirish, ijtimoiy qiymat yaratish, moliyaviy risklarni boshqarish, ESG tamoyillarini investitsiya jarayoniga integratsiya qilish hamda korrupsiya xavflarini kamaytirish va shaffoflikni ta'minlashdan iborat.

Siyosat quyidagi yo'nalishlarga tatbiq etiladi: kapital qo'yilmalar, infratuzilma loyihalari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, xalqaro grantlar, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiyalar, texnologik va energetik modernizatsiya loyihalari.

INVESTITSIYA TAMOYILLARI

Investitsiya faoliyatida ESG (Environmental, Social, Governance), SDG (Sustainable Development Goals), yashil iqtisodiyot tamoyillari va milliy qonunchilik talablari asos qilib olinadi. Innovatsiya tamoyiliga yashil texnologiyalar va raqamli yechimlardan foydalanish kiradi. Ekologik tamoyillarga karbon chiqindilarini kamaytirish, energiya samaradorligi va suv resurslaridan samarali foydalanish kiradi. Ijtimoiy tamoyillar mehnat huquqlariga rioya qilish, sog'liq va xavfsizlik, inklyuziv rivojlanishni qamrab oladi. Boshqaruv tamoyillari esa shaffoflik, korrupsiyaga qarshi siyosat va hisobdorlikni o'z ichiga oladi.

TAQIQLANGAN INVESTITSIYALAR

Universitet quyidagi faoliyatlarga investitsiya kiritmaydi: ko'mirga asoslangan energetika loyihalari, tamaki sanoati, qurol ishlab chiqarish, atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazuvchi loyihalar va inson huquqlarini buzuvchi kompaniyalar.

ESG baholash tizimi

Har bir investitsiya loyihasi ESG mezonlari asosida baholanadi.

No Mezoni Ball
1 Environmental impact 30
2 Energy efficiency 20
3 Social impact 20
4 Governance 20
5 Financial sustainability 10

Minimal ESG ball: 60. 60 balldan past loyihalar moliyalashtirilmaydi. Investitsiya qaror qabul qilish jarayoni loyiha taklifini taqdim etish, moliyaviy tahlil (NPV, IRR, ROI), ESG baholash, risk tahlili va investitsiya qo'mitasi qarori bosqichlarida amalga oshiriladi.

Loyiha ma'lumotlarini yig'ish

Investitsiya loyihasi bo'yicha avvalo loyiha turi, qo'llaniladigan texnologiya, faoliyat sohasi, prognoz xarajatlar, daromadlar, moliyaviy oqimlar hamda qarz va moliyalashtirish shartlari to'g'risidagi ma'lumotlar yig'iladi. Shundan so'ng loyiha tasavvuri, maqsadi va amalga oshiriladigan hududi aniqlanadi. Loyiha tavsifi doirasida uning joylashuvi, qo'llaniladigan texnologiya va faoliyat turi batafsil bayon etiladi. Loyiha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy jihatdan tahlil qilinadi.

Ekologik tahlilda loyiha faoliyatining havo, suv, tuproq hamda biologik xilma-xillikka ta'siri baholanadi. Ijtimoiy tahlil doirasida aholi salomatligi, bandlik darajasi, migratsiya jarayonlari va ijtimoiy munosabatlarga ta'siri o'rganiladi. Ta'sirlarni baholash bosqichida loyiha natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ijobiy va salbiy ta'sirlar aniqlanadi. Salbiy ta'sirlarni kamaytirish uchun mitigatsiya va kompensatsiya choralari ishlab chiqiladi.

Monitoring rejasi ishlab chiqilib, unda mas'ullar, nazorat usullari, muddatlar va baholash indikatorlari belgilanadi. Yakuniy bosqichda loyiha bo'yicha qaror qabul qilinadi va uni tasdiqlash yoki takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar beriladi. Loyiha iqtisodiy samaradorligi NPV, IRR, ROI va Payback period kabi ko'rsatkichlar orqali aniqlanadi. Risk tahlilida ekologik va ijtimoiy, moliyaviy, operatsion hamda qonunchilik va siyosiy risklar kompleks baholanadi. Ssenariy tahlilida optimistik, pessimistik va asosiy variantlar ishlab chiqiladi. Chuqurlashtirilgan tahlil jarayonida Monte Carlo simulyatsiyalari qo'llanadi hamda chiqindi va energiya xarajatlari hisobga olinadi.

Loyiha ESG indikatorlari bilan integratsiya qilinadi. Moliyalashtirish manbalari sifatida davlat budjeti, maqsadli jamg'armalar, xalqaro moliya institutlari, yashil obligatsiyalar va xususiy investitsiyalar jalb etiladi. Monitoring va hisobot tizimi orqali yillik KPIlar belgilanadi, ESG hisobotlari tayyorlanadi va aniqlangan kamchiliklar bo'yicha tuzatish choralari ko'riladi. Ichki audit tizimi loyiha muvofiqligi va samaradorligini baholab boradi. Investitsiya loyihalari muntazam ravishda monitoring qilinadi.

Asosiy ko'rsatkichlar:

No KPI Davriylik
1 ESG samaradorligi yiliga 1 marta
2 Uglerod (karbon) ta'siri yiliga 1 marta
3 Energiya tejalishi yiliga 1 marta
4 Ijtimoiy ta'sir yiliga 1 marta

Izoh. Natijalar yillik barqarorlik hisobotida e'lon qilinadi.

Barqaror investitsiyalar qo'mitasi

Investitsiya qarorlari quyidagi tarkibdagi qo'mita tomonidan ko'rib chiqiladi: rektor yoki prorektor, moliya bo'limi rahbari, barqaror rivojlanish bo'limi vakili, texnik ekspert va tashqi mustaqil ekspert.

Yakunlovchi qoida

Ushbu siyosat 2025 yildan kuchga kiradi va 2030 yilgacha amal qiladi. Zarur hollarda Reja-moliya bo'limi tomonidan qayta ko'rib chiqiladi va yangilanadi. Siyosat har 3 yilda qayta ko'rib chiqiladi yoki zarur hollarda yangilanadi.