Nurbek Farmonov
Inklyuziv qo'llab-quvvatlash markazi
Markaz ma'lumotlari Yo'l xaritasiNurbek Farmonov
Inklyuziv qo'llab-quvvatlash markazi
Markaz ma'lumotlari Yo'l xaritasiNogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash siyosati
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni hamda 2020-2025-yillarda inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, Qarshi davlat universitetida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan talabalar uchun teng, qulay va sifatli ta'lim muhitini yaratish ustuvor vazifa etib belgilanadi.
Mazkur siyosat nogironligi bo'lgan talabalar, xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning ta'lim, mehnat va ijtimoiy hayotda to'liq va samarali ishtirokini ta'minlashga qaratilgan. Siyosat inklyuzivlik, kamsitmaslik, individual yondashuv, maxfiylik va barqarorlik tamoyillariga asoslanadi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg'un holda amalga oshiriladi.
Qo'llash sohasi va majburiy hollari
Siyosat barcha ta'lim bosqichlari talabalari, akademik va ma'muriy xodimlar, tashrif buyuruvchilar hamda hamkor tashkilot vakillariga tatbiq etiladi. U ta'lim jarayoni, ish faoliyati, tadbirlar va infratuzilma xizmatlarini qamrab oladi va quyidagi holatlarda majburiy hisoblanadi:
Asosiy tamoyillar
Qo'llab-quvvatlash xizmatlari
Akademik qo'llab-quvvatlash doirasida individual o'quv rejalarini ishlab chiqish, o'quv materiallarini braille, audio va raqamli shakllarda taqdim etish, imtihonlarda qo'shimcha vaqt ajratish, alohida sharoit yaratish va moslashtirilgan baholash tizimlarini joriy etish ko'zda tutiladi. O'qituvchilar uchun inkluziv pedagogika bo'yicha treninglar muntazam o'tkaziladi.
Jismoniy muhitni moslashtirish doirasida panduslar, liftlar, keng kirish yo'laklari, maxsus hojatxonalar, taktil yo'laklar hamda vizual va audio belgilar joriy etiladi. Texnologik qo'llab-quvvatlash screen reader, speech-to-text va text-to-speech vositalarini, shuningdek, onlayn ta'lim platformalarini xalqaro accessibility standartlariga moslashtirishni o'z ichiga oladi. Kutubxonalarda maxsus texnika va raqamli resurslar kengaytiriladi.
Psixologik va ijtimoiy yordam xizmatlari professional maslahat, stressni boshqarish, yangi muhitga moslashish dasturlari, tengdoshlar o'rtasida o'zaro yordam tizimlari va inklyuziv madaniyatni shakllantirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni o'z ichiga oladi.
Inkluziv qo'llab-quvvatlash markazi
Universitetda tashkil etilgan "Inkluziv qo'llab-quvvatlash markazi" quyidagilar uchun mas'ul:
Monitoring va baholash
Siyosatning samarali ijrosi yillik auditlar va hisobotlar, talaba va xodimlar fikr-mulohazalari, KPI hamda SDG indikatorlari asosida baholanadi. Natijalar doimiy takomillashtirish rejasiga kiritilib boriladi.
Moliyalashtirish
Moliyalashtirish universitetning ichki budjeti, davlat dasturlari, xalqaro grantlar, xususiy sektor hamda donor tashkilotlar bilan hamkorlik orqali shakllantiriladi. Bu yondashuv infratuzilmani moslashtirish, assistiv texnologiyalarni xarid qilish, mutaxassislarni tayyorlash va qo'llab-quvvatlash xizmatlarini barqaror saqlashga xizmat qiladi.