Xolbayev Sodiq Utaganovich
Reja-moliya bo'limi
Mutaxassis ma'lumotlariXolbayev Sodiq Utaganovich
Reja-moliya bo'limi
Mutaxassis ma'lumotlariBARQAROR XARIDLAR SIYOSATI (2025-2030)
Ishlab chiquvchi: Reja-moliya bo'limi rahbari
Amal qilish muddati: 2025-2030 yillar
Qamrovi: Qarshi davlat universitetining barcha tuzilmaviy bo'linmalari
Mazkur siyosat Qarshi davlat universiteti xarid faoliyatida iqtisodiy samaradorlik, ekologik mas'uliyat va ijtimoiy barqarorlik tamoyillarini joriy etishni maqsad qiladi. Siyosat davlat xaridlari to'g'risidagi qonunning 111-moddasi, davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog'liq tartib-taomillarni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom, "yashil iqtisodiyot", ESG tamoyillari, ISO 20400 Sustainable Procurement yondashuvi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadlariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
MAQSAD VA VAZIFA
Qarshi davlat universitetining xarid faoliyatida ekologik ta'sirni kamaytirish, energiya samarador mahsulotlar ulushini oshirish, ijtimoiy mas'ul yetkazib beruvchilar bilan ishlash, xarid jarayonlarida shaffoflikni ta'minlash va Life Cycle Cost - hayot sikli qiymati (LCC) yondashuvini joriy qilish ko'zda tutiladi.
Barqaror xaridlar orqali xarajatlarni optimallashtirish, atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish va ijtimoiy qiymat yaratish, ekologik toza va energiya tejamkor mahsulotlar ulushini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ijtimoiy mas'ul yetkazib beruvchilarni qo'llab-quvvatlash, korrupsiya xavflarini kamaytirish hamda shaffoflikni ta'minlash maqsadida davlat xaridlari elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Siyosat quyidagi yo'nalishlarga tatbiq etiladi: kapital qo'yilmalar, infratuzilma loyihalari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, xalqaro va milliy grantlar, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiyalar, texnologik va energetik modernizatsiya loyihalari va xalqaro moliyalashtirish ishtirokidagi loyihalar.
Ekologik tamoyillariga energiya samarador mahsulotlari, ekologik sertifikatlangan mahsulotlar, chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlanadigan materiallardan foydalanish, karbon chiqindilarini kamaytirish va suv resurslaridan samarali foydalanish talablari kiradi. Ijtimoiy tamoyillarga mehnat huquqlariga rioya qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash kiradi. Boshqaruv tamoyillariga shaffof tender jarayonlari, korrupsiyaga qarshi mexanizmlar va hisobdorlik kiradi.
Mazkur siyosat quyidagi xarid turlariga tatbiq etiladi: tovarlar xaridi, xizmatlar xaridi, qurilish va infratuzilma loyihalari, IT uskunalar, laboratoriya jihozlari va ofis materiallari.
Xarid mezonlarida energiya samaradorligi va ekologik sertifikatlar (ISO, EcoLabel va h.k.), yashil texnologiyalar va raqamli yechimlardan foydalanganlik, qayta ishlanadigan yoki kam chiqindili materiallar, yetkazib beruvchining ESG ko'rsatkichlari muhim hisoblanadi.
Tender jarayonida quyidagi mezonlar qo'llaniladi:
| No | Tender mezonlari | Tender ball |
|---|---|---|
| 1 | Narx | 50 ball |
| 2 | Texnik sifat | 20 ball |
| 3 | ESG ko'rsatkichlari | 30 ball |
Yetkazib beruvchilar bilan ishlashda barqarorlik talablari kiritilgan shartnomalar, yetkazib beruvchilarni baholash va reytinglash, mahalliy va kichik biznesni rag'batlantirish hisobga olinadi. Supplier sustainability reyting tizimi joriy etiladi.
Monitoring va hisobot jarayonlari yillik KPIlar va indikatorlar, ESG hisobotlari tayyorlash, hisobot kamchiliklari bo'yicha tuzatuv rejalari orqali amalga oshiriladi.
Barqaror xaridlar samaradorligi quyidagi ko'rsatkichlar orqali baholanadi:
| No | Indikator | 2030 yilgacha |
|---|---|---|
| 1 | Sustainable procurement share | 40% |
| 2 | Eco-certified products | 30% |
| 3 | Supplier ESG compliance | 70% |
| 4 | Energy efficient equipment | 50% |
Izoh. Monitoring yiliga bir marta amalga oshiriladi.
| No | Indikator | 2030 yilgacha |
|---|---|---|
| 1 | Karbon emissiyasi | -40% kamaytirish |
| 2 | Qayta tiklanuvchi energiya ulushi | 50% |
| 3 | Suv iste'moli | -30% kamaytirish |
| 4 | Chiqindilarni qayta ishlash | 70% |
Barqaror xaridlar siyosati orqali 2030 yilgacha ekologik barqarorlikka erishish maqsadlari monitoring natijalari orqali baholanadi.
Boshqaruv va mas'uliyat: Reja-moliya bo'limi siyosatni amalga oshiradi va monitoring olib boradi. Xaridlar komissiyasi mezonlar va tender jarayonlarini nazorat qiladi. Ichki audit muvofiqlik va samaradorlikni baholash tizimini yuritadi. Xatarlar va ularni boshqarishda moliyaviy va bozor xavflari, ta'minot zanjiridagi uzilishlar, regulyator o'zgarishlariga moslashuv tekshirilib boriladi.
Yakunlovchi qoidalar: Ushbu siyosat 2025 yildan kuchga kiradi va 2030 yilgacha amal qiladi. Zarur hollarda Reja-moliya bo'limi tomonidan qayta ko'rib chiqiladi va yangilanadi.