2025-yil mart oyida Qarshi davlat universitetida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar uchun “Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi” tashkil etildi. Mazkur tashabbus SDG 2: Zero Hunger maqsadlariga muvofiq ravishda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratildi.
Yarmarkada mahalliy fermerlar, dehqonlar va tadbirkorlar tomonidan 30 turdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda taqdim etildi. Bu esa iste’molchilarga qulaylik yaratib, sog‘lom va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi bevosita aloqalar mustahkamlanib, ortiqcha vositachilarsiz savdo tizimi rivojlantirildi. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, yarmarkaning ish joyiga yaqin hududda tashkil etilishi xodimlar uchun katta qulaylik yaratib, ularning vaqt va xarajatlarini tejashga xizmat qildi. Bunday tashabbuslar barqaror rivojlanish, sog‘lom ovqatlanish va ijtimoiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi.