Tadbir

Mahalliy aholi uchun Sog’liq va farovonlik xizmatlari

Mahalliy aholi uchun Sog’liq va farovonlik xizmatlari
2025-yil 14-may kuni Muborak tumani Sardoba MFYda Tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan sog‘liqni saqlashga qaratilgan navbatdagi amaliy tashabbus amalga oshirildi. Hududda 495 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 2773 nafar aholi qamrab olindi. Tashrif davomida mahallada joylashgan “Guliston” oilaviy shifokor punktining kunduzgi statsionarida davolanayotgan bemorlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Homilador va tug‘ruq yoshidagi ayollarga individual tibbiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, patronaj hamshiralari bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning sog‘lig‘i hamda qabul qilayotgan dori vositalari monitoring qilindi. Hududda jami 73 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qilishi aniqlandi. Surunkali kasalliklar, xususan arterial gipertenziya va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga tuman va viloyat tibbiyot markazlarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. O‘rganishlar natijasida kelgusida aholiga yanada sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida allergolog va dermatolog mutaxassislarni jalb etish rejalashtirildi.