Tadbir

Axborot va savodxonlik xizmatlari

Axborot va savodxonlik xizmatlari
Qarshi davlat universiteti Inkubatsiya markazi xodimlari tomonidan 2025-yil fevral oyida Nishon tumanidagi 1- va 7-umumta’lim maktablariga STEAM (ijodkorlik, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida o‘quvchilar va pedagoglarga STEAM ta’lim modeli hamda uning zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, maktablarda mavjud IT infratuzilmasi bilan tanishilib, raqamli savodxonlikni rivojlantirish, dasturlash ko‘nikmalarini oshirish hamda o‘quvchilarni texnologiya sohalariga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif yakunida ta’limda inklyuzivlikni ta’minlash, xususan qizlarning IT va kasb-hunar yo‘nalishlaridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Mazkur tashabbuslar orqali maktablarda axborotga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, raqamli kompetensiyalarni mustahkamlash va uzluksiz ta’limni rivojlantirishga xizmat qilinadi.