Qashqadaryo viloyatida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2024-yil oktabr oyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tashabbus faol va inklyuziv fuqarolik jamiyatini shakllantirish orqali barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etilib, ularning iste’dodi va imkoniyatlari keng jamoatchilikka taqdim etildi. Shuningdek, milliy madaniy markazlar chiqishlari orqali madaniyatlararo muloqot va hamjihatlik muhiti yanada mustahkamlandi.
Joriy yilda Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan 1,8 milliard so‘m miqdorida grant mablag‘lari ajratilib, bu kabi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Loyiha doirasidagi faol ishtiroki uchun Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchisi Tohirova Nigora Zokirjonovna viloyat hokimi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Mazkur loyihalar jamiyatda birdamlikni mustahkamlash, inklyuzivlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.