Tadbir

Konstitutsiya — farovon hayot va kambag‘allikka barham berish garovi

Konstitutsiya — farovon hayot va kambag‘allikka barham berish garovi
Bugun, 4-dekabr kuni, Xorijiy tillar hamda Matematika va kompyuter ilmlari fakultetlari talabalari, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitetning Falsafa va sotsiologiya kafedrasi dotsenti Z. Boymurodov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori O. Narzullayev, viloyat Adliya boshqarmasi xodimi V. Boboyeva hamda talaba D. Shavkatova o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ta’kidlanganidek, Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz va barqaror taraqqiyotimizning mustahkam poydevori bo‘lib, unda belgilangan ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash va aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan normalar jamiyat farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yangilangan Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish, ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, har kimning munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi. Bu esa mamlakatimizda inklyuziv va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.