Iqtisodiyot fakulteti Turizm va marketing kafedrasi professor-o‘qituvchilari Singapur menejmentni rivojlantirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “Care CSR” kompaniyasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan “Rivojlanayotgan bozorlarda CSR va ESG” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar.
Konferensiya doirasida Turizm va marketing kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Sh. Yakubova “Внедрение ESG в Узбекистане: текущие реалии и новые приоритеты” mavzusida ma’ruza qilib, ESG tamoyillarini joriy etish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalarni ilgari surdi.
Mazkur tadbir barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini keng joriy etishga xizmat qiladi.