Tashkil topgan sanasi: 2023-yil 29-dekabr
Labortoriyaning ilmiy yo‘nalishi.
- Qashqadaryo viloyati sharoitida aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o‘rganish va uni ratsionallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
- Sport bilan shug‘ullanadigan va shug‘ullanmaydigan kishilarda kardiorespirator tizimning funksional holatlarini o‘rganish va tahlil qilish;
- Turli moddalarning ingichka ichakda oqsillar, yog‘lar va uglevodlar gidrolizlanishini ta’minlovchi fermentlar faolligiga ta’sirini o‘rganish.
Laboratoriyaning maqsadi. Qashqadaryo viloyati sharoitida fiziologiya, biokimyo va biofizika yo‘nalishlaridagi tadqiqotlarni rivojlantirish, ushbu sohalarda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani ilg‘or fiziologik hamda biokimyoviy usullarni amaliyotga joriy etishni yo‘lga qo‘yish.
Labortoriyaning vazifasi
- Qishloq va shahar sharoitida yashaydigan aholi turli guruhlarining asosiy hamda qo‘shimcha oziq moddalar bilan ta’minlanishini fiziologik va biokimyoviy jihatdan o‘rganish va tahlil qilish;
- Kundalik iste’mol taomlari tarkibini ayrim zarur mineral moddalar bilan boyitishning innovatsion usullarini ishlab chiqish;
- Qishloq va shahar sharoitida yashaydigan aholi turli guruhlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini ilmiy jihatdan o‘rganish va ularning jismoniy rivojlanishini baholaydigan standartlar ishlab chiqish;
- Aholi turli guruhi vakillarida kardiorespirator tizimning funksional holatini o‘rganishning innovatsion usullarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- Ayrim flavonoid va boshqa moddalarning ingichka ichakdagi fermentlar faolligiga ta’sir mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va amaliyotga tavsiya berish;
- Universitet talabalari, magistrantlari va doktorantlarini universitetlararo, mintaqaviy, O‘zbekiston va xalqaro miqyosdagi talabalar va professional ilmiy konferensiyalarda qatnashishga tayyorlash;
- Ilmiy laboratoriyaning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha yillik va joriy hisobotlarni belgilangan tartibda topshirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash.
Jihozlar:
1. Elektrokardiograf (3 kanalli) EKZT-12-01 «GEOLINK», 2019
2. NS-Psixotest «Neyrosoft», 2023
3. Miya biopotensiallarini tahlil qilish uchun ko‘p kanalli kompleks «Neyroskop», 2021
4. Veloergometr Lode, 2021
5. Bioanalizator, 2021
6. pH-metr, 2019
7. Minisentrifuga, 2020
8. Sentrifuga, 2020
9. Elektron tarozi, 2023
10. Spektrofotometr, 2022
11. Antropometr, 2022
12. Rostometr, 2021
13. Spirograf, 2022