Tashkil topgan sanasi: 2023-yil 29-dekabr
Labortoriyaning ilmiy yo‘nalishi.
– Qashqadaryo viloyati hududida tarqalgan iste’molbop, dorivor qo‘ziqorinlar va ularni sun’iy ozuqa muhitlarida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish
– Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli mikroorganizmlarini erta aniqlash diagnostikasini ishlab chiqish va ularga qarshi biopreparat yaratish.
Laboratoriyaning maqsadi. Qashqadaryo viloyati sharoitida Mikrobiologiya va biotexnologiya yo‘nalishlarini rivojlantirish, ushbu sohalarda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi, farmasevtika sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etishni yo‘lga qo‘yish.
Labortoriyaning vazifasi
– Makrozamburug‘larni sun’iy ozuqa muhitlarida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish;
– Iste’molbop va dorivor zamburug‘larni toza kulturalari kolleksiyasini yaratish;
– Biologik materiallarning strukturaviy genomlarini o‘rganish;
– Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli mikroorganizmlarini erta aniqlash diagnostikasini ishlab chiqish;
– Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarni o‘rganish orqali, uning unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshiruvchi samarali shtammlarini ajratib olish;
– in vitro sharoitida kasallikdan holi bo‘lgan ko‘chatlarni ko‘paytirish;
Jihozlar:
1. BCS-1000A2 biologik xavfsizlik kabinasi (BSC)
2. Avtomatik gel elektroforez analiz tizimi
3. Sentrifuga (Centrifuge 5804 R G, refrigerated, 230 V/50-60 Hz, rotor A-4-44 va 15/50 ml adapterlar bilan)
4. Pipet dozator
5. PSR boks
6. Dvuxluchevoy UF-Vid spektrofotometr
7. Analiticheskie vesы
8. Inkubator Memmert
9. Avtoklav
10. Amplifikator termoblok 96 lunochniy na 0,2 ml
11. Germetiziruyushaya plenka Parafilm
12. Sterilizator elektricheskiy mikrobiologicheskix petel, igl
13. Transillyuminator, kompaktniy
14. Shkaf sushilniy