Tadqiqot va ta'lim

Shevashunoslik ilmiy tadqiqot labaratoriyasi

Janubiy O‘zbekiston va turkiy xalqlar folklori hamda shevashunosligini qiyosiy o‘rganishga ixtisoslashgan ilmiy laboratoriya.

2023-yil 28-dekabrdan tashkil topgan. Janubiy Uzbekiston va turkiy xalqlar folklori va shevashunosligini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot labaratoriyasi Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 2909-sonli qarori, 2017 yil 27 iyundagi "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3151-sonli qarori, 2019-yil 7 maydagi "Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3698-sonli qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan.

Laboratoriyaning maqsadi. Janubiy O‘zbekiston va turkiy xalqlar folklori va shevashunosligini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot labaratoriyasi xalqaro maydondagi va respublikadagi nufuzini oshirish, respublikada folklorshunoslik va shevashunoslik sohalarida yetuk kadrlarni tayyorlaydigan va chuqur ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan iborat.

Laboratoriyaning vazifasi:

O‘zbekiston va turkiy xalqlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda konsepsiyasi doirasida universitetning sohaga ta’luqli kafedralari bilan birgapikda strategiyani ishlab chiqish, strategiyada belgilangan vazifalar, chora-tadbirlarni amalga oshirish va monitoringini yuritish;

Ta’lim, ilmiy tadqiqotlar tadqiqotlar sohalarida amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni laboratoriyaning rasmiy saytga joylashtirish;

Sohaga taalluqli xalqaro va respublika miqyosida e’lon qilinadigan ilmiy loyiha va grantlarda faol ishtirok etish, kafedralar professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar uchun xalqaro proyektlarni yozish, hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish;

Yangi ilmiy tadqiqot natijalari asosida Janubiy O‘zbekiston va turkiy xalqlar folklori va shevashunosligi muammolari sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish; Universitetning professor-o‘kituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan sohaga tegishli Scopus/Science Direct/Web of Science/Springer bazalaridagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etishni tashkil qilish;

Ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilmiy-amaliy va innovatsion loyiharrar hamda ishlanmalarni amalyotga tadbiq qilishda tegishli ta’lim muassasa va xalq ijodiyoti laboratoriyalari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish. Laboratoriyada xalq ijodiyoti laboratoriyalari va ta’lim muasssalari bilan birgalikda shartnoma asosida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish;

Xalqaro grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun bu borada seminar trening va maslahatlar berish;

Janubiy O‘zbekiston folklori namunalari hisoblangan ertak, rivoyat, qo‘shiq, doston va bolalar folklori, mavsum va marosim folklori hamda folklor etnografik jamoalar repertuarida mavjud namunalarni yozib olish, o‘rganish va muammolarni umumo‘zbek hamda turkiy xalqlar folklorshunosligi yutuqlari misolida qiyoslash asosida ilmiy - tadqiqot ishlari olib borish;

Janubiy O‘zbekiston folklorining o‘ziga xosligi, janrlar tarkibi, tarixiy asoslari, genezisi, lokal xususiyatlari va poetikasi hamda ularning buryngi jonli og‘zaki an’analardagi o‘rni masalalarini o‘rganishning nazariy jihatdan amalga oshirish;

Janubiy O‘zbekiston hududi o‘zbek shevalari til xususiyatlari, ularning o‘ziga xosligi, xo‘jalik xayoti urf-odati, rasm-rusmlari bilan bog‘liq bo‘lgan qator so‘zlar, so‘z birikmalari va iboralarni yozib olish, to‘plash ishlarini yo‘lga qo‘yish; Dunyoning nufuzli professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari ilmiy izlanuvchilari va rahbar xodimlarning dars mashg‘ulotlari, mahorat darslarini, hamkorlikda seminar-teninglar, yozgi maktablarni tashkil etishdan iborat.