Qarshi davlat universiteti agronomiya va ekologiya kafedrasiga qarashli “Tuproqshunoslik” ilmiy laboratoriyasi.
Davlat tilida "Tuproqshunoslik" ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi.
Tashkil topgan sanasi: 2024 yil 6-fevraldagi 6-sonli qaror bilan tasdiqlangan.
Funksional vazifasi: Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining asosiy maqsadi universitetni agrotuproqshunoslik tadqiqotlarining turli yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro maydondagi va respublikadagi nufuzini oshirish, qishloq xo‘jaligi sohalarida yetuk kadrlarni tayyorlaydigan va chuqur ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning muammolariga yechim topishda, sohaga ko‘ra turli xil biologik faol birikmalarni sintez qilish hamda natijalarni amaliyotga joriy etishni amalga oshiradi hamda ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan iborat.
Laboratoriyaning asosiy vazifasi:
Laboratoriyada mahalliy va xorijiy tartib tamoyillarga binoan tuproq, o‘simlik, o‘g‘it va suv tahlillarini olib borish;
Laboratoriya mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib borish;
Tuproqlarning agrokimyoviy, agrofizikaviy va biologik xossalarini monitoring qilish;
Ma’dan o‘g‘itlar, stimulyatorlar va boshqa turdagi manbalarni tahlil qilish, ular asosida har bir ekin bo‘yicha o‘g‘it qo‘llash tizimini ishlab chiqish;
Mahalliy va xorijiy loyihalar tanlovida ishtirok etish va jalb qilingan loyihalar doirasida tadqiqot olib borish;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar (fermer xo‘jaliklar, klasterlar va boshqalar) bilan shartnomalar tuzish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.
Jihozlarni o‘lchash parametri:
Mahalliy va xalqaro standart GOST bo‘yicha
Xorijiy standart ISO bo‘yicha