Tadqiqot va ta'lim

Startaplar va grantlar

Tadqiqot va rivojlanish bilan bog'liq innovatsion loyihalar, startap tashabbuslari va grant imkoniyatlari.

1) Innovatsion loyiha

Nomi: “Energiya tejovchi texnologiyalarda foydalaniladigan silidsid metall va yarimo‘tkazgich birikmalar asosidagi nanoo‘lchamli plyonkalarning optik va elektrofizik xossalarini tadqiq etish”

Sana: 10-avgust 2024

Loyiha rahbari: Normuradov Muradulla, fizika-matematika fanlari doktori, professor

Fan yo‘nalishi: Matematika va fizika, mexanika fanlari

Qisqacha mazmuni: loyiha kremniy monokristallari yuzasida hosil bo‘ladigan o‘tish metallari, ularning silisidlari va nanoo‘lchamli yupqa plyonkalar xossalarini o‘rganishga qaratilgan. Asosiy urg‘u — qattiq jismli elektronika uchun noyob xossalarga ega materiallar yaratish, ion-plazma usulida olingan yupqa plyonkalar asosida yangi qurilmalar ishlab chiqish.

Ijrochi tashkilot: Qarshi davlat universiteti

Loyiha qiymati: 1 936 350 000 so‘m.

2) Amaliy loyiha

Nomi: “Qashqadaryo viloyati hududida tarqalgan iste’molbop, dorivor qo‘ziqorinlar va ularni sun’iy ozuqa muhitlarida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish”

Sana: 10-avgust 2024

Loyiha rahbari: dots. Sherqulova Jamila Payanovna

Fan yo‘nalishi: Biotexnologiya va mikologiya

Qisqacha mazmuni: loyiha iste’molbop va dorivor zamburug‘larni mahalliy sharoitda ilmiy asosda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqishga qaratilgan. Unda sifatli oziq-ovqat va tabiiy dori vositalariga ehtiyoj ortayotgani, Qashqadaryoda bu yo‘nalishda rejali mikologik tadqiqotlar yetarli emasligi, sof kultura kolleksiyasini yaratish va arzon substratlar asosida yuqori hosil olish zarurligi ta’kidlangan.

Ijrochi tashkilot: Qarshi davlat universiteti

Loyiha qiymati: 981 920 000 so‘m.

3) Startup loyiha

Nomi: “Clean Water”

Sana: 10-avgust 2024

Loyiha rahbari: Shamsiddinova Shahrizoda Baxtiyor qizi

Qisqacha mazmuni: loyiha suv o‘tlari yordamida suvni biologik usulda tozalashga qaratilgan. Unda chiqindi suvlarni organo-minerallar, og‘ir metallar, sianidlar, neft mahsulotlari va patogen mikroorganizmlardan tozalash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik uchun foydali resurs olish ko‘zda tutilgan.

Hamkor tashkilot: Qarshi davlat universiteti

Loyiha qiymati: 177 410 000 so‘m.

4) Xalqaro loyiha

Nomi: “Access Microscholarship Program”

Sana: 10-avgust 2024

Loyiha rahbari: Musayeva Dilso‘z Tuychiyevna, PhD

Qisqacha mazmuni: loyiha AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi moliyaviy ko‘magida, Amerika kengashlari rahbarligida amalga oshiriladi. Qarshi shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qiyotgan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining ingliz tili malakasini oshirishga qaratilgan. Darslik va o‘quv jihozlari xarajatlari loyiha mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Hamkor tashkilot: Qarshi davlat universiteti

Loyiha qiymati: 64 000 AQSH dollari.