Tadqiqot

Sanoatda samaradorlikni oshirishga qadam

Sanoatda samaradorlikni oshirishga qadam
Qarshi davlat universiteti Organik kimyo kafedrasi hamda Uzbekistan GTL zavodi o‘rtasida 2025-yil mart oyida samarali hamkorlik doirasida ilmiy ishlanma taqdimoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur tashabbus barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, sanoat, innovatsiya va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi. Taqdim etilgan ilmiy ishlanma zavodning dolzarb texnologik muammolaridan birini hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali, resurs tejamkor va ekologik barqaror tashkil etishga xizmat qilishi kutilmoqda. Uchrashuv davomida Uzbekistan GTL mutaxassislari tomonidan ilmiy ishlanmaning amaliy ahamiyati yuqori baholanib, uni ishlab chiqarishga joriy etish istiqbollari keng muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorlik universitet va sanoat o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash orqali Maqsadlar yo‘lida hamkorlikni ilgari suradi. Shu bilan birga, hududiy iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va barqaror innovatsiyalarni joriy etishda muhim platforma vazifasini bajaradi.