Barqarorlik boshqaruvi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi

Bo'lim boshlig'i va bo'lim faoliyati bo'yicha batafsil ma'lumotlar.

Ismatov Xolmumin Xurozovich

Bo'lim boshlig'i

Ismatov Xolmumin Xurozovich

Bo'lim boshlig'i

Telefon: 75-220-02-17, 98-776-59-08

Elektron pochta: halmumin8@gmail.com

Qabul vaqti: har kuni 09:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

1983-1988 yillarda Moskva muhandis qurilish institutida tahsil olgan. 1988-1995 yillarda Toshkent yengil metal konstruksiya zavodida texnik nazorat bo'limi boshlig'i bo'lib ishlagan.

1995-2013 yillarda Milliy xavfsizlik xizmatida ishlagan. 2013-2017 yillarda "Sho'rtan neftgaz" UKda 1-bo'lim boshlig'i va rahbar o'rinbosari bo'lgan.

2017-2023 yillarda G'uzor tumani Sho'rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi o'quv markaziga rahbarlik qilgan. 2023 yildan hozirgacha Qarshi davlat universitetida ushbu bo'lim boshlig'i sifatida faoliyat yuritmoqda.

Bo'lim tarixi

Bo'lim O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 28-iyundagi 281-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, Qarshi davlat universiteti rektorining 2021-yil 5-iyuldagi 171-I-sonli buyrug'i bilan tashkil etilgan.

Bo'lim tarkibi: 1 nafar bo'lim boshlig'i va 2 nafar bosh mutaxassis.

Asosiy vazifalari

  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish
  • "Korrupsiyasiz soha" loyihasini universitetda joriy etish
  • korrupsion xavf yuqori bo'lgan yo'nalishlarni aniqlash
  • sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish
  • monitoring va jamoatchilik nazoratini yo'lga qo'yish
  • xalqaro tajribani o'rganish
  • texnikumlar va akademik litsey faoliyatini muvofiqlashtirish

Bo'lim mutaxassislari aloqalari

  • +99897-319-00-12 — nodirasrajiddinova@gmail.com
  • +99877-106-67-77 — shuxrataxmedov2778@gmail.com

Botlar

  • @QarDu_AntiKor_bot — Qarshi davlat universiteti bo'limi boti.
  • @eduuzanticor_bot — Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boti.
Korrupsiyaga qarshi siyosat sahifasiga qaytish