Mehnat faoliyati
- 2018-2020 yy. — Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi o'qituvchisi
- 2020-2022 yy. — Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi
- 2022-2023 yy. — Qarshi davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi
- 2023 yildan hozirgacha — Qarshi davlat universiteti xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig'i.
Bo'lim tarixi
2023-yil 6-martgacha universitet xotin-qizlar kengashi faoliyat yuritgan. 2023-yil 7-martdan boshlab Qarshi davlat universiteti rektorining 111-X-sonli buyrug'i asosida Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi ish boshlagan.
Asosiy vazifalari
- talaba-qizlarning axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
- ularni kasb-hunarga yo'naltirish va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
- talabalar turar joylaridagi xotin-qizlar o'rtasida ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish;
- TTJlarda ijodiy, kasbiy va badiiy to'garak-klublar faoliyatini kuchaytirish;
- yordamga muhtoj, og'ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarni aniqlash va ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik hamda moddiy yordam ko'rsatish;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini aniqlash bo'yicha so'rovnomalar o'tkazish;
- notinch oilalardagi talaba-qizlarga alohida e'tibor qaratish;
- ijarada yashovchi talaba-qizlarning yashash sharoitlarini o'rganish va manzillariga tashrif buyurish.