Barqarorlik boshqaruvi

Qarshi davlat universiteti xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo'mitasi

Qarshi davlat universiteti xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo'mitasi bo'yicha batafsil ma'lumotlar.

Norov Abdisait Muradovich

Qo'mita raisi

Norov Abdisait Muradovich

Kasaba uyushma qo'mitasi raisi (2020-yil 23-iyuldan buyon).

Telefon: +998 90 721-31-13 (telegram ham shu nomerda)

Elektron pochta: qardukasaba@umail.uz

Kasaba uyushma qo'mitasi raisining ish rejimi

  • Ish haftasi - 6 kunlik (dushanba-shanba).
  • Dushanba-Juma kunlari: 09:00 dan 18:00 gacha.
  • Shanba kuni (qisqartirilgan ish kuni): 09:00 dan 13:00 gacha.
  • Tushlik tanaffus: 13:00 dan 14:00 gacha (Dushanba-Juma kunlari).
  • Yakshanba - dam olish kuni hisoblanadi.

Qabul kunlari va tartibi

  • Seshanba: 10:00 dan 13:00 gacha.
  • Payshanba: 14:00 dan 17:00 gacha.
  • Shanba kuni qabul o'tkazilmaydi, ushbu kun ichki tashkiliy ishlar uchun ajratiladi.
  • Zarur hollarda fuqarolar va xodimlar navbatdan tashqari qabul qilinishi mumkin.

Vazifalari

  • Xodimlar mehnat huquqlarini himoya qiladi.
  • Ish beruvchi bilan kelishmovchiliklarda xodimlar tomonini qo'llab-quvvatlaydi.
  • Adolatsiz ishdan bo'shatish yoki jazolarga qarshi yordam beradi.
  • Ish joyidagi xavfsizlik va qulaylikni nazorat qiladi.
  • Ish vaqti, dam olish va ta'til masalalarini ko'rib chiqadi.
  • Moddiy yordam, nafaqa yoki imtiyozlar ajratishda ko'maklashadi.
  • Sog'lomlashtirish, sanatoriy va dam olish yo'llanmalarini tashkil qiladi.
  • Bayramlar, sport musobaqalari va turli tadbirlar tashkil etadi.
  • Ish beruvchi bilan jamoaviy shartnomalar tuzishda qatnashadi va xodimlar manfaatini himoya qiladi.
  • Talabalar manfaatlarini himoya qiladi hamda ijtimoiy yordam, stipendiya va yashash sharoitlari bo'yicha yordam beradi.
  • Barcha xodim va talabalar uchun teng imkoniyatlar yaratilishini qo'llab-quvvatlaydi.
  • Jins, millat, til, din yoki ijtimoiy holatga qarab kamsitishlarning oldini oladi.
  • Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratishga ko'maklashadi.
  • Inklyuziv ta'lim va ish muhitini rivojlantirishga hissa qo'shadi.
  • Turli guruhlar o'rtasida o'zaro hurmat va bag'rikenglik muhitini mustahkamlaydi.
Boshqaruv sahifasiga qaytish