Mehnat faoliyati
- 2021-2022-y.y. Qarshi davlat universiteti Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish bo'limi bosh mutaxassisi
- 2022-2024-y.y. Qarshi davlat universitetida Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi bo'limi bosh mutaxassisi
- 2024-yildan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang'ich tashkilot yetakchisi
Vazifalari
- Yoshlar yetakchisi boshlang'ich tashkilot ishlarini boshqaradi va umumiy faoliyatni yo'lga qo'yadi.
- Universitet kengashi yig'ilishlarida yoshlar vakili sifatida qatnashadi, talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini ilgari suradi hamda qabul qilinayotgan qarorlarda ularning manfaatlari inobatga olinishi uchun faol ishtirok etadi.
- Fakultetlar va guruhlardagi yoshlar yetakchilari ishini bir tizimga soladi, ularga metodik yordam beradi.
- Talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi, ularning muammolarini rahbariyatga yetkazadi.
- Talabalar tomonidan ilgari surilgan g'oya va loyihalarni rivojlantirishga yordam beradi.
- Universitet ichida va yuqori tashkilotlar bilan aloqalarni olib boradi.
- Olib borilgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda hisobot beradi.
- Yuqori tashkilotlar va universitet rahbariyati tomonidan berilgan vazifalarni bajaradi.