Barqarorlik boshqaruvi

Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi

Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi sahifasi. URL eski nom bilan ochiladi: xotin-qizlar-maslahat-kengashi.

Karamova Shoxida Luftillayevna

Rahbar

Karamova Shoxida Luftillayevna

Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig'i, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent.

Telefon: +998 97 229-69-27

Elektron pochta: sh.l.karamova@qardu.uz

Qabul kunlari: haftaning juft kunlari, 09:00 dan 17:00 gacha

Mehnat faoliyati

  • 2018-2020 yy. — Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi o'qituvchisi
  • 2020-2022 yy. — Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi
  • 2022-2023 yy. — Qarshi davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi
  • 2023 yildan hozirgacha — Qarshi davlat universiteti xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig'i.

Bo'lim tarixi

2023-yil 6-martgacha universitet xotin-qizlar kengashi faoliyat yuritgan. 2023-yil 7-martdan boshlab Qarshi davlat universiteti rektorining 111-X-sonli buyrug'i asosida Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi ish boshlagan.

Asosiy vazifalari

  • talaba-qizlarning axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
  • ularni kasb-hunarga yo'naltirish va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
  • talabalar turar joylaridagi xotin-qizlar o'rtasida ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish;
  • TTJlarda ijodiy, kasbiy va badiiy to'garak-klublar faoliyatini kuchaytirish;
  • yordamga muhtoj, og'ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarni aniqlash va ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik hamda moddiy yordam ko'rsatish;
  • xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini aniqlash bo'yicha so'rovnomalar o'tkazish;
  • notinch oilalardagi talaba-qizlarga alohida e'tibor qaratish;
  • ijarada yashovchi talaba-qizlarning yashash sharoitlarini o'rganish va manzillariga tashrif buyurish.
Boshqaruv sahifasiga qaytish