O‘ta qashshoqlikka barham berish
Butun dunyoda barcha turdagi qashshoqlikni butkul yo‘q qilish
2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlarining birinchi maqsadi Qashshoqlikning barcha shakllariga barham berish (keyingi o‘rinlarda SDG 1 deb yuritiladi) deyiladi. BRM ga aʼzo davlatlar “Hech kimni ortda qoldirmaslik va eng uzoq hududlardagi aholiga birinchi navbatda yordamga borish” majburiyatini oʻz zimmalariga oldilar. SDG 1 o‘ta qashshoqlikning barcha shakllariga, jumladan oziq-ovqat, toza ichimlik suvi va sanitariya yetishmasligiga barham berishga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishish iqlim o‘zgarishi va mojarolar keltirib chiqaradigan yangi tahdidlarga yechim topishni o‘z ichiga oladi.
SDG 1ni amalga oshirish uchun 7 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 13 ko‘rsatkich mavjud. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirgandan so‘ng quyidagi natijaga erishiladi:
- o‘ta qashshoqlikni yo‘q qilish;
- barcha turdagi qashshoqliklarni yarmiga qisqartirish;
- ijtimoiy himoya tizimlarini joriy etish;
- mulk, asosiy xizmatlar, texnologiyalar va iqtisodiy resurslardan foydalanishga teng huquqlarni ta’minlash;
- ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy ofatlarga chidamlilikni oshirish.
Taraqqiyot davom etayotganiga qaramay, dunyo aholisining 10 foizi qashshoqlikda yashaydi va sog’liqni saqlash, ta’lim, suv va kanalizatsiya kabi asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun kurashmoqda. Haddan tashqari qashshoqlik daromadi past mamlakatlarda, ayniqsa, mojarolar va siyosiy g‘alayonlardan jabrlangan mamlakatlarda hamon keng tarqalgan. 2015-yilgi statistika shuni ko‘rsatadiki, o‘ta qashshoqlikda yashovchi 736 million aholining yarmidan ko‘pi Sahroi Kabir va janubiy Afrika hududlariga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda, ijtimoiy siyosat jarayonida sezilarli siljishlarsiz, 2030-yilga kelib qashshoqlik keskin ortadi. 2016 yilgi statistikaga ko‘ra, qishloqlarda qashshoqlik darajasi 17,2 foizni, shaharlarda esa 5,3 foizni tashkil etadi.
Kambag’allikni o‘lchaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu xalqaro va milliy qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydigan aholi ulushidir. Ijtimoiy himoya tizimlari bilan qamrab olingan va asosiy xizmatlardan foydalana oladigan uy xo‘jaliklarida yashovchi aholi ulushini o‘lchash ham qashshoqlik darajasini ko‘rsatib beruvchi ko‘rsatkichlardan biridir. 2020-yildagi COVID-19 pandemiyasi qashshoqlikka barham berishni qiyinlashtirdi. 2020-yil sentabrida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qashshoqlik oxirgi 20 yil ichida barqaror ravishda pasayib borayotgan bo‘lsa-da, bir necha oy ichida 7 foizga oshgan.
Qashshoqlik bolalarni ham chetlab o‘tmadi. Har yil qancha bola ochlik va muhtojlikda yashayotgani haqida statistika qilinib boriladi. Lekin bu statistikalar doim ham to‘g‘ri chiqavermaydi. Misol uchun, 2013-yildagi ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, taxminan 385 million bola kuniga 1,90 AQSh dollaridan kam pul bilan yashagan. Dunyo bo‘ylab bolalarning ahvoli to‘g’risidagi to‘liq ma’lumotlar mavhumligi tufayli bu raqamlar ishonchsizdir. O‘rtacha 97 foiz mamlakatlarda kam ta’minlangan bolalarning ahvolini aniqlash va SDG 1ga erishish yo‘llarini ishlab chiqish uchun yetarlicha ma’lumotlar yo‘q. Mamlakatlarning 63 foizida esa bolalar qashshoqligi haqida hech qanday statistika yo‘q.
1990-yildan buyon dunyo mamlakatlari qashshoqlikni kamaytirish uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshirib, samarali natijalarga erishdi. 2013-yilda o‘ta qashshoqlikda yashovchi odamlar soni 1,8 milliarddan 776 milliongacha kamaydi. Biroq, quyori natijalarga qaramasadan odamlar qashshoqlikda yashashda davom etmoqda. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yilda 40 dan 60 milliongacha odam o‘ta qashshoqlikka tushib qoladi
Dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning yo‘qligi, tengsizlikning kuchayishi, davlatchilikning tobora zaiflashib borayotgani va iqlim o‘zgarishi kabi oqibatlar SDG 1ga erishishga to‘sqinlik qilmoqda. Mahalliy hukumatlar qashshoqlik bilan bog’liq masalalarni yechishda muhim rol o‘ynaydi. Butun dunyoda mahalliy hukumatni vazifalari turlicha bo‘lib, quyidagi vazifalar bajaradilar:
- kam ta’minlanganlarning ehtiyojlarini qondirish;
- hisobdorlik va shaffoflikni ta’minlash uchun yaxshi boshqaruv;
- bandlikni yaxshilash uchun inklyuziv ta’limni yaxshi yo‘lga qo‘yish;
- ehtiyojmand aholi va qishloq jamoalariga ta’sir ko‘rsatadigan davlat korxonalarining biznes etikasi ustida ishlash.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Ochlikka barham berish
Ochlikni tugatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziqlanishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish
Barqaror rivojlanishning 2-maqsadi Ochlikni tugatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziqlanishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish (keying o‘rinlarda SDG 2 deb yuritiladi) deyiladi. SDG 2 oziq-ovqat xavfsizligi, ovqatlanish patsioniga foydali mahsulotlarni qo’shish, qishloq hayotini tubdan o’zgartirish va barqaror qishloq xo’jaligi o’rtasida uzviy o’zaro bog’liqlik borligini ko‘rsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, 690 millionga yaqin odam och qolmoqda, bu dunyo aholisining 10 foizdan sal kamrog’ini tashkil etadi. Har toʻqqiz kishidan biri har kecha och uxlab yotadi, jumladan, hozirda Janubiy Sudan, Somali, Yaman va Nigeriyada ochlikdan oʻlish xavfi ostida boʻlgan 20 million kishi borligi aytilmoqda.
2-maqsadni amalga oshirish uchun 8 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 14 ko’rsatkich mavjud Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirgandan so‘ng quyidagi natijaga erishiladi:
- ochlikni yo’q qilish va oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaxshilash;
- to’yib ovqatlanmaslikning barcha shakllarini yo’q qilish;
- qishloq xo’jaligi hosildorligini oshirish;
- barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimlari va barqaror qishloq xo’jaligi amaliyoti kengaytirish;
- urug’lar, ekinlar, qishloq xo’jaligi va uy hayvonlarining genetik xilma-xilligi ko‘paytirish;
- investitsiyalar, tadqiqot va texnologiya olib kirish.
To’yib ovqatlanmaslik darajasi ko‘p yillar davomida ma’lum bir foizda kamaydi. Lekin 2015-yildan boshlab och qolish darajasini yana ortib bordi. Buning asosiy sababi, oziq-ovqat tizimlaridagi turli xil yetishmovchiliklar, iqlim o‘zgarishlari, chigirtkalar invaziyasi va COVID-19 pandemiyasi hisoblanadi. Bu oqibatlar bilvosita xarid qobiliyatini, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish qobiliyatini pasaytiradi. Bu esa aholining eng zaif qatlamlariga ta’sir qiladi va qo’shimcha ravishda ularning oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishini cheklaydi.Statistik ma’lumotga ko‘ra, 2020-yilda 142 milliongacha odam COVID-19 pandemiyasi natijasida toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekkan. Bundan tashqari, COVID-19 pandemiyasi davrida iqtisodiy o’sish darajasi sust bo‘lganligi sababli, 2020-yil oxiriga kelib, dunyoda to’yib ovqatlanmaydigan odamlarning umumiy soniga 83 dan 132 milliongacha oshdi.
Bunday holatda dunyo 2030-yilga borib ocharchilikni yo‘qota olmaydi. Ayniqsa, Afrikadagi aholi ochlikdan qutilishi dargumon. BRM ga a’zo davlatlarni ochlik va oziq-ovqat yetishmovchiligini yo‘q qilish uchun hali ko’p ish qilish kerakligidan ogohlantiradi.
2-maqsad 2030-yilga kelib to’yib ovqatlanmaslik va ochlikning barcha shakllariga barham berish va yil davomida har bir kishi, ayniqsa bolalar uchun yetarli ovqatlanishni ta’minlashni maqsad qilgan. Dunyo bo’ylab taxminan 155 million bolaga yomon ta’sir ko’rsatadigan to’yib ovqatlanmaslikdir. Bu bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishini sekinlashtiradi, ularda o’lim va kasallik xavfini oshiradi.
2017-yil holatiga ko’ra, BMTga a’zo 202 ta davlatdan faqat 26 tasi to’yib ovqatlanmaslikni tugatish bo’yicha BRM maqsadiga erishish yo’lida ketayotgan edi. 20 foizi esa hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmadi, deyarli 70 foizida hech qanday strategik ish amalga oshirilmagan.
Noto’g’ri ovqatlanish va haddan tashqari ochlik barqaror rivojlanish yo’lidagi asosiy to’siqdir. Ikki to‘siq odamlar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Och odamlar unumdorligi past bo’ladi va kasalliklarga ko’proq moyil bo’ladi. Shunday qilib, ular o’z hayotlarini yaxshilay olmaydilar. 2-maqsad dunyo aholisini saqlab qolish va hech kim hech qachon ochlikdan aziyat chekmasligini ta’minlash uchun asos yaratadi. Bu zamonaviy texnologiyalar va adolatli taqsimlash tizimlaridan foydalangan holda barqaror qishloq xo’jaligini rivojlantirish orqali amalga oshirilishi kerak. Qishloq xo’jaligidagi innovatsiyalar oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko’paytirish va chiqindilarini kamaytirish uchun mo’ljallangan.
2-maqsadda aytilishicha, 2030-yilgacha odamlar ochlik va to’yib ovqatlanmaslikning barcha shakllariga barham berish orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishishlari kerak. Bunga qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini va kichik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarning (ayniqsa, ayollar va mahalliy xalqlar) daromadlarini ikki baravar oshirish, oziq-ovqat ishlab chiqarishning barqaror tizimlarini taʼminlash, yer va tuproq sifatini izchil yaxshilash orqali erishiladi. Qishloq xo’jaligi dunyodagi eng yirik ish beruvchi bo’lib, dunyo aholisining 40 foizini tirikchilik bilan ta’minlaydi. Bu ehtiyojmand qishloq uy xo’jaliklari uchun eng katta daromad manbai hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi ishchi kuchining qariyb 43%, Osiyo va Afrikaning ayrim qismlarida esa 50% dan ortigʻini ayollar tashkil qiladi. Biroq, ayollar yerning atigi 20 foiziga egalik qiladi.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Sog‘lik va farovonlik
Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish
Barqaror rivojlanishning 3-maqsadi Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish (keying o‘rinlarda SDG 3 deb yuritiladi) deyiladi. SDG 3 sog’lom turmush tarzining turli jihatlarini qamrab oladi va ularga e’tibor beradi.
SDG 3ni amalga oshirish uchun 13 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 28 ko’rsatkich mavjud. Birinchi 9 ta maqsad «maqsadli natijalar» deyiladi. Bularga quyidagilar kiradi:
- onalar o’limini kamaytirish;
- barcha oldini olish mumkin bo’lgan o’limlarni, xususan, yosh bollarning besh yoshga to’lguncha bo‘lgan o‘limni tugatish;
- yuqumli kasalliklarga qarshi kurash;
- yuqumli bo’lmagan kasalliklardan o’limni kamaytirish va ruhiy salomatlikni yaxshilash;
- giyohvandlikning oldini olish va davolash;
- yo’l-transport hodisalarida jarohatlar va o’limlarni kamaytirish;
- jinsiy va reproduktiv salomatlik, oilani rejalashtirish va ta’lim xizmatlaridan hamma foydalanishni ta’minlash;
- umumiy sog’liqni saqlash qamroviga erishish;
- xavfli kimyoviy moddalardan kasallanish va o’limni kamaytirish.
SDG 3 maqsadlarining qolgan to’rttasi “erishish vositasi” bo‘lib, ular quyidagilar:
- JSSTning Tamaki nazorati bo’yicha doiraviy konventsiyasini amalga oshirish;
- tadqiqot, ishlab chiqish, arzon vaksinalar va dori vositalaridan universal foydalanishni qo’llab-quvvatlash;
- rivojlanayotgan mamlakatlarda sog’liqni saqlashni moliyalashtirish va sog’liqni saqlashni qo’llab-quvvatlashni oshirish;
- global sog’liq uchun xavflarni erta ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish.
SDG 3 asosiy maqsadi barcha erkaklar va ayollar uchun tibbiy xizmatlardan teng foydalanishni ta’minlaydigan universal tibbiy qamrovga erishishga qaratilgan. U yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘limini oldini olish va epidemiyalarni tugatishni, iqtisodiy hamda ijtimoiy tengsizliklar, urbanizatsiya, iqlim inqirozi, OIV va boshqa yuqumli kasalliklarni oldini olish e’tibor qratadi.
2030-yil kun tartibidagi asosiy masala salomatlikka e’tibordir. COVID-19 pandemiyasini hisobga olgan holda, global miqyosda salomatlik va farovonlikni ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Har bir bolaning omon qolishi va rivojlanishini ta’minlash yuqori ta’sirli chora-tadbirlar ko‘rish lozim. Bundan tashqari, onalar va ularning yangi tug’ilgan chaqaloqlariga sifatli prenatal, tug’ruq va tug’ruqdan keyingi parvarishlashini o‘rgatish, OIV infektsiyasining onadan bolaga o’tishining oldini olish, bolalarni yuqumli kasalliklardan himoya qilish uchun emlash, yetarli va to’yimli oziq-ovqatdan foydalanish imkoniyati yaratishni ko‘zda tutgan.
UNDP ma’lumotlariga ko’ra, har 2 soniyada 30 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan bir kishi yurak-qon tomir kasalliklari, surunkali nafas yo’llari kasalliklari, diabet yoki saraton kabi yuqumli bo’lmagan kasalliklardan bevaqt vafot etadi.
Dunyo bo‘ylab 2019-yilda 2,4 million chaqaloq bevaqt vafot etdi. Kuniga taxminan 6,700 ming neonatal o’limga to‘g‘ri keladi. Sifatli tibbiy xizmatdan foydalana olmaslik, neonatal o‘lim darajasi Sahroi Kabirdan janubiy Afrika va Janubiy Osiyoda eng yuqori ekanligini aniqlangan.
O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini oshirish, bolalar va onalar o‘limining ayrim umumiy sabablarini kamaytirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi. 2000-yildan 2016-yilgacha dunyo bo‘ylab besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi darajasi 47 foizga kamaydi. SDG 3ning maqsadi besh yoshgacha bo’lgan bolalar o’limini har 1000 tirik tug’ilgan chaqaloqning o‘limini 25 tagacha kamaytirishdir. Ammo hozirgi tendentsiyalar davom etsa, 60 dan ortiq davlat 2030-yilga borib neonatal o’lim bo’yicha SDG maqsadiga erisha olmaydi. Bu mamlakatlarning qariyb yarmi hatto 2050-yilga borib ham maqsadga erisha olmasligini anglatadi.
Avval aytib o’tganimizdek, besh yoshga to’lmasdan vafot etgan bolalar soni juda ko’p: birgina 2016-yilda 5,6 million chaqaloq olamdan o‘tgan.UNICEF, JSST, Jahon banki va UNDESA hisobotlari shuni ko’rsatadiki, 2016-yilda vafot etgan bolalar soni 2000-yilga nisbatan kam (5,6 million) bo’lishiga qaramay, 2017-yildan 2030-yilgacha besh yoshgacha bo’lgan 60 million bola nobud bo‘lishi taxmin qilinmoqda. SDG 3 shuningdek, onalar o’limiga ham e’tibor qaratadi. 2000-yildan 2015-yilgacha onalar o’limi darajasi 37 foizga kamaygan bo’lsa-da, 2015-yilda dunyo bo’ylab 303 000 ga yaqin onalar o’limi qayd etilgan bo’lib, ularning aksariyati oldini olish mumkin bo’lgan sabablardir. Xuddi shunday, toza suv va sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bezgak, sil, poliomielit va OIV/OITS tarqalishini kamaytirishda muvaffaqiyatga erishildi. Internet kabi texnologiyalarning rivojlanishi tibbiy yozuvlarni raqamlashtirish va shifokorlar va tibbiyot xodimlari uchun onlayn tibbiy resurslardan foydalanishni osonlashtirdi, bu esa bemorlarni parvarish qilish va natijalarni yaxshilashga olib keldi.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Sifatli ta’lim
Barchani qamrab oluvchi, teng huquqli hamda sifatli ta’limni ta’minlash va barcha uchun uzluksiz ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish
Barqaror rivojlanishning 4-maqsadi Barchani qamrab oluvchi, teng huquqli hamda sifatli ta’limni ta’minlash va barcha uchun uzluksiz ta’lim olish imkoniyatini (keying o‘rinlarda SDG 4 deb yuritiladi) deyiladi. SDG 4ni amalga oshirish uchun 10 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 11 ko’rsatkich mavjud. Birinchi 7 ta maqsad “natijaga asoslangan maqsad” deb ataladi va ular quyidagilar:
- bepul boshlang‘ich va o‘rta ta’limdan foydalanish imkoniyati;
- sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanish;
- texnikum, kasb-hunar va oliy ta’limdan foydalanish;
- moliyaviy muvaffaqiyatga erishish uchun sifatli ko’nikmalarga ega odamlar sonini ko’paytirish;
- ta’lim sohasidagi har qanday kamsitishlarga barham berish;
- umuminsoniy savodxonlik va hisoblash qobiliyatini shakllantirish;
- barqaror rivojlanish va fuqarolik ta’limdan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Maqsadga erishish vositasi quyidagicha:
- inklyuziv va xavfsiz maktablarni qurish hamda ularni modernizatsiya qilish;
- rivojlanayotgan mamlakatlar uchun oliy ta’lim stipendiyalarini kengaytirish;
- rivojlanayotgan mamlakatlarda malakali o’qituvchilar sonini oshirish.
SDG 4 bolalar va yoshlarni sifatli, oson taʼlim olishi hamda boshqa taʼlim imkoniyatlardan keng foydalanishga e’tibor beradi. SDG 4ning maqsadlaridan yana biri umuminsoniy savodxonlikka erishishdir. Bu ta’lim muhitida bilim va qimmatli ko’nikmalarni egallashning muhim tarkibiy qismidir. Shu sababli, barcha uchun xavfsiz, inklyuziv va samarali ta’lim muhitini ta’minlash uchun ko‘proq ta’lim muassasalarini qurish, shuningdek, mavjudlarini modernizatsiya qilish zaruriyati tug‘iladi.
O’ta qashshoqlik, qo’zg’olonlar, jamoalararo mojarolar va boshqa omillarning tarqalishi ko’plab rivojlanayotgan mamlakatlarda taraqqiyotni sezilarli darajada sekinlashtirdi. Ehtiyojmand oilalar farzandlari badavlat oilalardagi tengdoshlariga qaraganda maktabni tashlab ketish ehtimoli ko’proq. Qishloq va shahar o’rtasidagi nomutanosiblik yuqoriligicha qolmoqda. G‘arbiy Osiyo va Shimoliy Afrikada davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar natijasida maktabga bormagan bolalar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Sahroi Kabir Afrikasidagi barcha rivojlanayotgan mintaqalar orasida boshlang’ich maktabga qabul qilish bo’yicha sezilarli muvaffaqiyatga erishildi. Jumladan,1990-yilda bolalarning 52 foiz maktabga brogan bo‘lsa, 2012-yilda bolalarning 78 foiz ta’lim olisj imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shunga qaramay, oradagi tafovutlar hamon saqlanib qolmoqda.
Ta’lim tizimini takomillashtirish uchun «Ta’lim hamma uchun» shiori tanlanib, bu shior zaminida yangi bilimlarni dunyoga yoyishga harakat qilindi. Birgina 1990-yildan boshlab ta’limda turli xalqaro rivojlanish kurslariga e’tibor kuchaydi. Bu Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) boshlanishida muhim deb hisoblangan va SDG 4 deb belgilangan Ta’lim barqaror rivojlanish, davlat qurish va tinchlik uchun kuch sifatida qaraladi. O’qish, yozish yoki hisoblash kabi ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan bolalar va yoshlar bu ko’nikmalarga ega bo’lmagan tengdoshlariga qaraganda yaxshiroq kelajakka ega bo’lishlari mumkin. Dunyo o’zgarmoqda va globallashuv dunyo aholisidan tezda moslashishni, yangi texnologiyalar bilan ishlashni o’rganishni talab qiladi. Barqaror rivojlanishda ta’limning roli faqat rivojlanayotgan hududlar bilan cheklanmaydi, balki butun dunyodagi mamlakatlar ta’limi bilan ham uzviy bog‘liq. SDG 4 asosiy maqsadi oʻquvchining turmush darajasini va jamiyat kelajagini yaxshilaydigan inklyuziv, sifatli taʼlimni taʼminlashdan iborat.
COVID-19 ning salbiy ta’siri natijasida 2019-yil oxirida millionlab bolalar hali ham maktabga bormagan edi. COVID-19 tarqalishini sekinlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar doirasida 2020-yilda maktablarning yopilishi taʼlim natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Bu dunyodagi talabalarning 90 foizdan ortig’iga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Taxminan 1,5 milliard bola va yoshlar ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi bolalarning kamida uchdan bir qismi COVID-19 pandemiyasi natijada maktablarning ommaviy yopilishi paytida masofaviy ta’limda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan texnologiyaga ega emas. Pandemiya, shuningdek, ta’limdagi nomutanosiblikning oshishiga olib keldi.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Gender tenligi
Gender tengligini ta’minlash, barcha ayol va qiz bolalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
Barqaror rivojlanish 5- maqsadi Gender tengligini ta’minlash, barcha ayol va qiz bolalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish (keying o‘rinlarda SDG 5 deb yuritiladi) deyiladi. Barqaror rivojlanish maqsadlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va har bir sohadagi harakatlar boshqa sohalardagi natijalarga ta’sir qiladi. Rivojlanish ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik barqarorlikni muvozanatlashi kerak. Tizimli yondashuv esa global barqarorlikning asosidir.
SDG 5ni amalga oshirish uchun 9 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 14 ko’rsatkich mavjud. Birinchi 6 ta maqsad “natijalarga yo’naltirilgan” maqsadlar deyiladi. Ular quyidagilar:
- hamma joyda barcha ayollar va qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish;
- ayollar va qizlarning zo’ravonligi, ekspluatatsiyasiga chek qo’yish;
- yoshlar o‘rtasida erta va majburiy nikohni oldini olish, ayollar jinsiy a’zolarini kesish kabi zararli amaliyotlarga barham berish;
- tug‘ruqdan keyingi bolalarni parvarish qilish qiymatini oshirish va onalarni har tomonlama rag’batlantirish;
- xotin-qizlarning yetakchilik va qarorlar qabul qilishda to‘liq ishtirokini ta’minlash;
- universal reproduktiv huquqlar va salomatlikdan foydalanishni ta’minlash.
Maqsadlarga erishishning vositasi quyidagilardan iborat:
- ayollarning iqtisodiy resurslarga, mulkka egalik qilish va moliyaviy xizmatlarga teng huquqlarini ta’minlash;
- texnologiyalar orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish;
- gender tengligi bo’yicha siyosatni qabul qilish, kuchaytirish va qonunchilikni amalga oshirish.
«Hech kimni ortda qoldirmaslik» va’dasi orqali davlatlar, birinchi navbatda, eng uzoqda bo‘lganlar hududlar uchun taraqqiyotni tezlashtirish majburiyatini oldilar. Bu gender tengligiga erishish va barcha ayollar-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun amalga oshiriladi.
COVID-19 pandemiyasi ayollarga salbiy ta’sir qildi. Chunki ular himoyaga muhtoj va davolanish imkoniyati cheklangan. Mavjud maʼlumotlar pandemiya davrida ayollarga nisbatan zoʻravonlik koʻpayishini koʻrsatadi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta global maqsadlardan iborat. Keng maqsadlar o‘zaro bog‘liq, ammo ularning har biri o‘z maqsadlariga ega. SDG ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish masalalarining keng doirasini qamrab oladi. Bular qashshoqlik, ochlik, sog’liqni saqlash, ta’lim, iqlim o’zgarishi, gender tengligi, suv, sanitariya, energiya, urbanizatsiya, atrof-muhit va ijtimoiy adolatni o’z ichiga oladi.
SDG Mingyillik rivojlanish maqsadlari (MRM) o‘rnini egalladi. Bu esa o‘z navbatida maqsadlarni erishish yo‘lini aniq belgilaydi.
Ayollar va qizlarning ta’lim olishi, sog‘liqni saqlash, munosib mehnat, siyosiy hamda iqtisodiy qarorlarni qabul qilish jarayonlarida vakillik qilishdan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash barqaror iqtisodiyotga hissa qo‘shadi, jamiyat va butun insoniyatga foyda keltiradi.
2030-yilga borib gender tengligi xususiy va davlat sohalarida ayollar huquqlariga putur etkazuvchi kamsitishning ko‘plab asosiy sabablarini bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko‘rishni talab qiladi. Gender asosidagi zo‘ravonlik va zo‘rlashga barham berish inson huquqlarining buzilishi ekanligini hisobga olib, ustuvor vazifa hisoblanadi. Gender tengligini amalga oshirishga bo‘lgan ijtiyoq baʼzi sohalarda yaxshilanishlarga olib keldi, biroq har bir ayol va qiz toʻliq gender tengligi va ularning imkoniyatlarini kengaytirish yoʻlidagi barcha huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy toʻsiqlar, jumladan, raqamli imkoniyatlarga ega boʻladigan dunyo istiqbollari haligacha yetishmayapti.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Toza suv va sanitariya
Suv resurslarining mavjudligi, ulardan oqilona foydalanish va har bir insonning sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash
O’tgan yillar davomida Qarshi davlat universiteti suvdan samarali foydalanishga ko’maklashish va aholining suvni tejash to’g’risida xabardorligini oshirish bo’yicha ko’plab tashabbuslarni amalga oshirdi. Keng qamrovli xabardorlik dasturlari orqali universitet talabalarga ham, keng jamoatchilikka ham suv sarfini kamaytirish va barqaror suvni boshqarish amaliyotini amalga oshirish muhimligi to’g’risida ma’lumot berdi.
Suv tanqisligi bilan bog’liq ortib borayotgan xavotirlarga javoban universitet o’z kampusi bo’ylab qurg’oqchilikka chidamli o’simliklarni joriy qildi. Minimal suv talab qiladigan bu o’simliklar barqaror obodonlashtirish uchun namuna bo’lib xizmat qiladi va ushbu qimmatbaho resursni saqlashga hissa qo’shadi.
Universitet oqava suvlarni boshqarish sohasida ham katta yutuqlarga erishdi. Oqava suvlarni biologik tozalashning o’zgacha usullari bilan u atrof-muhitga ta’sirini minimallashtiradigan va oqava suvlarni xavfsiz va samarali tozalashni ta’minlaydigan innovatsion echimlarni namoyish etdi. Ushbu usullar nafaqat universitetning barqarorlik harakatlarini kuchaytirdi, balki talabalar va o’qituvchilar uchun qimmatli tadqiqot va o’rganish imkoniyatlarini taqdim etdi.
Bu ishlarda Qarshi davlat universiteti qoshidagi eko to’garaklar muhim rol o’ynadi. Ushbu talabalar boshchiligidagi guruhlar suv ifloslanishining oldini olish va ekologik toza amaliyotlarni targ’ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar va kampaniyalarni tashkil qiladi. Ularning sa’y-harakatlari universitet hamjamiyati o’rtasida ekologik boshqaruv va mas’uliyat madaniyatini rivojlantirishda muhim rol o’ynadi.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Arzon va toza energiya
Barcha uchun energiyaning arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash
Barqaror rivojlanish 7-maqsadi Barcha uchun energiyaning arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash (keying o‘rinlarda SDG 7 deb yuritiladi) deyiladi. 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan belgilangan 17 Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biridir. Ushbu maqsad hamma uchun arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiyadan foydalanishni taʼminlashga qaratilgan. Energiyadan foydalanish inson farovonligi, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikka qarshi kurash uchun juda muhim ustundir.
SDG 7ni amalga oshirish uchun 5 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 6 ko’rsatkich mavjud. 5 maqsaddan 3 tasi “yakuniy maqsadlar” deb ataladi va ular quyidagilar:
- zamonaviy energiyadan universal foydalanish;
- qayta tiklanadigan energiya manbalarining global ulushini oshirish;
- energiya samaradorligini ikki baravar oshirish.
Qolgan ikkitasi maqsadga erishish uchun vosita sihoblana:
- tadqiqot, texnologiya va toza energiyaga sarmoya kiritishni rag’batlantirish;
- rivojlanayotgan mamlakatlar uchun energiya xizmatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish.
Boshqacha qilib aytganda, bu maqsadlar global energiya majmuasida qayta tiklanadigan energiya ulushini oshirish bilan birga arzon va ishonchli energiyadan foydalanishni o’z ichiga oladi. Bu energiya samaradorligini oshirish va toza energiya texnologiyalariga ochiqroq kirishni osonlashtirish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirishni va toza energiya infratuzilmasiga investitsiyalarni oshirishni talab qiladi. Rejalar kam rivojlangan mamlakatlar, kichik orollar va dengizga chiqish imkoni bo’lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar infratuzilmasini qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratishni talab qiladi.
2019-yilgi hisobotga ko‘ra, dunyo SDG 7 ga erishish yo’lida ketmoqda, biroq 2030-yilga borib, hozirgi rivojlanish sur’atida maqsadlarga erisha olmaydi. SDG 7 va iqlim o’zgarishini yumshatish (SDG 13) bir-biri bilan chambarchas bog’liq va bir-birini to’ldiradi. Uzoq muddatli iqlim maqsadlariga erishish uchun dunyo qayta tiklanadigan energiya bilan ko’proq ish qilishi kerak.
Energiyadan foydalanish insoniyat sivilizatsiyasining boshlanishini anglatadi. Bu mahalliy isitish va pishirish uchun issiqlik ishlab chiqarish uchun biomassani yoqish (olovni ochish) bilan boshlandi. 1700-yillarning oxiridagi sanoat inqilobi energiyaning asosiy manbalari sifatida ko’mir, neft va tabiiy gazdan foydalanishda paradigmaning o’zgarishiga olib keldi. Yillar davomida aholi soni ortib borishi bilan bu qayta tiklanmaydigan resurslarga bo‘lgan talab ham bir necha barobar ortib va atrof-muhitni halokat yoqasiga olib keldi.
Dunyo aholisi o‘sishda davom etar ekan, elektr energiyasini sotib olishga qodir bo‘lganlar va imkoni yo‘qlar o‘rtasidagi tafovut ham oshib boradi. BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy forumidagi vakili “global miqyosda elektr energiyasidan foydalanish yaxshilanganiga qaramay, qariyb bir milliard odam elektr quvvatisiz yashashda davom etmoqda va uch milliard odam tabiiy usulda ovqat qilishdan mahrum va bino ichidagi havo ifloslanishining xavfli darajasiga duchor bo’lmoqda.» Shu bilan birga, qazib olinadigan yoqilg’iga tayanadigan iqtisodiyot iqlimimiz o’zgarishiga olib keladi. Energiya bugungi kunda dunyo duch kelayotgan deyarli har qanday katta muammo va imkoniyatlarning markaziy oʻrinni egallaydi, jumladan, iqlim oʻzgarishiga moslashish, oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash, taʼlim, barqaror shaharlar, ish oʻrinlari va transport. Shunday ekan, biz dunyoning eng chekka hududlari foydalanishi mumkin bo’lgan ekologik toza energiya manbalariga o’tishimiz zarur.
SDG 7 ga erishish iqlim o’zgarishi bo’yicha Parij kelishuviga erishish uchun harakatlarni kuchaytirishi kutilmoqda.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish
Keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o‘sish hamda barcha uchun bandlik va munosib mehnat qilish imkoniyatlarini ta’minlashga ko‘maklashish
Barqaror rivojlanish 8-maqsadi Keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o‘sish hamda barcha uchun bandlik va munosib mehnat qilish imkoniyatlarini ta’minlashga ko‘maklashish. (keying o‘rinlarda SDG 8 deb yuritiladi) deyiladi. SDG 8ni amalga oshirish uchun 12 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 17 ko’rsatkich mavjud.
Birinchi o‘ntalik maqsad «maqsadli natijalar» deyiladi va ular quyidagilar:
- barqaror iqtisodiy o‘sish;
- iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun diversifikatsiya, innovatsiyalar va modernizatsiya;
- ish o‘rinlari yaratish va korxonalar o‘sishini qo‘llab-quvvatlash siyosatini rag‘batlantirish;
- iste’mol va ishlab chiqarishda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;
- to‘liq bandlik va teng haq to‘lanadigan munosib mehnat;
- bandlikka ko‘maklashish;
- yoshlarni ta’lim va tarbiyalash;
- zamonaviy qullik, odam savdosi va bolalar mehnatiga barham berish;
- mehnat huquqlarini himoya qilish va xavfsiz mehnat muhitini yaratish;
- sog‘lom va barqaror turizmni rivojlantirish, bank, sug‘urta va moliyaviy xizmatlardan hamma teng foydalanishi.
Bundan tashqari, qolgan ikki maqsad yutuq vositalari hisoblanadi va ular quyidagilar:
- Savdoni rivojlantirish uchun yordam berish hajmini oshirish;
- yoshlar bandligining global strategiyasini ishlab chiqish.
Bu maqsad har bir mamlakatning iqtisodiy sektoridan kelib chiqishi, irqi va madaniyatidan qat’i nazar, fuqarolarning yaxshi hayotga bo’lgan muhim ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan. Dunyo aholisining qariyb yarmi hali ham kuniga taxminan 2 AQSh dollari ekvivalentida yashaydi. Ko‘p joylarda ish bilan band bo‘lish qashshoqlikdan xalos bo‘lishni kafolatlamaydi. Bu sekin va noto‘g‘ri taraqqiyot har kimdan qashshoqlikni bartaraf etishga qaratilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni qayta ko‘rib chiqish va qayta qurishni talab qilishi mumkin. Eng kam rivojlangan mamlakatlar uchun iqtisodiy maqsad yalpi ichki mahsulotning (YaIM) yiliga kamida 7 foiz o‘sishiga erishishdir. 2018-yilda aholi jon boshiga real YaIMning global o‘sish sur’ati 2 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, kam rivojlangan mamlakatlar uchun bu ko‘rsatkich 2018-yilda 4,5 foizni, 2019-yilda esa 4,8 foizni tashkil etdi, bu SDG 8da ko‘zda tutilgan 7 foizlik o‘sish sur’atidan kamroq. COVID-19 pandemiyasi dunyoni Buyuk Depressiyadan keyingi eng yomon global iqtisodiy inqirozga olib keldi.
2008-yilgi iqtisodiy inqiroz va global retsessiyaning uzoq davom etayotgan ta’siriga qaramay deyarli o‘ttiz yil davomida o‘ta qashshoqlikda yashayotgan ishchilar soni keskin kamaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda jami bandlikning 34 foizi o‘rta sinf vakillariga to‘g‘ri keldi, bu ko‘rsatkich 1991 yildan 2015 yilgacha tez o‘sdi. Shunga qaramay, jahon iqtisodiyoti tiklanishda davom etmoqda, dunyoda o‘sish sur’atlari sekinlashmoqda, tengsizlik ortib bormoqda va ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarining past darajasi ishchi kuchiga mutanosib ravishda kuzatilmoqda. 2008-yildan beri bandlikning o’sishi darajasi yiliga o’rtacha 0,1% ni tashkil etdi, 2000 va 2007-yillardagi 0,9% ni tashkil etgan. Barcha xodimlarning 60% dan ortig‘i mehnat shartnomasiga ega emas.
SDG 8 kelib chiqishi, irqi va jinsidan qat’i nazar, barcha ishchilar uchun barqaror va adolatli iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Bu diversifikasiya, texnologik yangilash va innovatsiyalar, jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega va mehnatni ko‘p talab qiluvchi tarmoqlarga e’tibor qaratish orqali iqtisodiy samaradorlikning yuqori darajalariga erishishni anglatadi.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Saonatlashtirish, innovatsiya va infratuzilmaa
Mustahkam infratuzilma yaratish, keng sanoatlashgan va innovatsiyalar bilan boyitilgan tizim joriy etilishiga ko‘maklashish
Barqaror rivojlanish 9-maqsadi Mustahkam infratuzilma yaratish, keng sanoatlashgan va innovatsiyalar bilan boyitilgan tizim joriy etilishiga ko‘maklashish (keying o‘rinlarda SDG 9 deb yuritiladi) hisoblanadi. SDG 9 barqaror infratuzilmani barpo etish, barqaror sanoatlashtirish va innovatsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
SDG 9ni amalga oshirish uchun 8 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 12 ko’rsatkich mavjud. Birinchi 5 ta maqsad «maqsadli natijalar» deyiladi va ular quyidagilar:
- barqaror rivojlanish,chidamli va inklyuziv infratuzilmalarni rivojlantirish;
- inklyuziv va barqaror sanoatlashtirishni rivojlantirish;
- moliyaviy xizmatlar va bozorlarga kirishni kengaytirish;
- barqarorlik uchun barcha sanoat va infratuzilmalarni yangilash;
- tadqiqotlarni kuchaytirish va sanoat texnologiyalarini yangilash.
Qolgan 3 ta maqsad maqsadlarga erish uchun vositadir:
- Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun barqaror infratuzilmani rivojlantirishga ko’maklashish;
- mahalliy texnologiyalarni rivojlantirish va sanoatni diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan universal foydalanish.
Maqsad boshqa SDGlar bilan o‘zaro bog‘liqlikka ega. Sanoatlashtirish SDG 8 va SDG 11 bilan bog’liq bo’lsa-da, innovatsiyalar va yangi ko’nikmalarni rivojlantirish SDG 2, SDG 6, SDG 7 va SDG 11 ni amalga oshirishga yordam beradi. 2019-yilda dunyo ishchilarining 14 foizi ishlab chiqarish faoliyatida band bo‘lgan. Bu foiz 2000-yildan beri deyarli o‘zgarmadi. Ishlab chiqarishdagi bandlikning ulushi Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda eng yuqori (18 foiz), eng pasti esa Sahroi Kabirdan janubiy Afrikada (6 foiz) bo‘lgan. Millionlab odamlar narxi, qamrovi va boshqa sabablarga ko‘ra hali ham Internetga kira olmayapti. Hozirda dunyo aholisining atigi 53,4 foizi internet foydalanuvchisi ekanligi taxmin qilinmoqda. 2020-yil oxiriga kelib, global Internetdan foydalanishning atigi 57% va kam rivojlangan mamlakatlarda 23% amalga oshirilishi taxmin qilinmoqda.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Tengsizlikni kamaytirish
Mamlakatlar o‘rtasidagi va ichida mavjud bo‘lgan tengsizlikni qisqartirish
Barqaror rivojlanish 10-maqsadi Mamlakatlararo va ichki tengsizlik darajasini qisqartirish (keying o‘rinlarda SDG 10 deb yuritiladi) deyiladi. SDG 10 ni amalga oshirish uchun 10 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun ko’rsatkich mavjud.
Birinchi 7 ta maqsad «maqsadli natijalar» deyiladi va ular quyidagilar:
- daromadlar tengsizligini kamaytirish;
- umumjahon ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy inklyuziyaga ko‘maklashish;
- teng imkoniyatlarni ta’minlash va kamsitishlarni tugatish;
- tenglikni ta’minlovchi fiskal va ijtimoiy siyosatni qabul qilish;
- jahon moliya bozorlari va institutlarini tartibga solishni takomillashtirish;
- rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya institutlarida vakolatlarini kuchaytirish;
- mas’uliyatli va yaxshi boshqariladigan migratsiya siyosati rivojlantirish.
Qolgan 3 maqsad erish vositasi bo‘lib, ular quyidagilar:
- rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus va differentsial rejimni joriy qilish;
- kam rivojlangan mamlakatlarda rivojlanishga yordam berish va investitsiyalarni rag‘batlantirish;
- migrantlarning pul o‘tkazmalari uchun tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari
Shahar va aholi yashash joylarining ochiqligi, xavfsizligi, mustahkamligi va ekologik barqarorligini ta’minlash
Barqaror rivojlanish 11-maqsadi Shahar va aholi yashash joylarining ochiqligi, xavfsizligi, mustahkamligi va ekologik barqarorligini ta’minlash (keying o‘rinlarda SDG 11 deb yuritiladi) deyiladi. 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biridir. SDG bir sohadagi harakatlar boshqa sohalardagi natijalarga ta’sir qilishini tan oladi va rivojlanish ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik barqarorlikni muvozanatlashi kerak.
SDG 11 ni amalga oshirish uchun 11 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 14 ko’rsatkich mavjud. Birinchi 7 ta maqsad «maqsadli natijalar» deyiladi va ular quyidagilar:
- Qulay, xavfsiz va arzon uy-joy, asosiy xizmatlar, hamda xarobalarni obodonlashtirish;
- Xavfsiz, arzon, qulay va barqaror transport tizimlari rivoshlantirish;
- Inklyuziv, barqaror urbanizatsiya va barcha mamlakatlarda aholi punktlarini birgalikda, integratsiyalashgan va barqaror rejalashtirish hamda boshqarish imkoniyatlarini oshirish;
- Jahon madaniy, tabiiy merosini himoya qilish va saqlash bo’yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish;
- Favqulodda vaziyatlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlar sonini kamaytirish, global yalpi ichki mahsulotga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish;
- Havo sifati, shahar va boshqa chiqindilarni boshqarishga alohida e’tibor berish orqali shaharlarning aholi jon boshiga atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish;
- Xavfsiz, inklyuziv va qulay, yashil hamda jamoat joylariga universal kirishni ta’minlash.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:
- Milliy va mintaqaviy rivojlanishni rejalashtirishni kuchaytirish orqali shaharlar, shahar atrofi va qishloqlar o’rtasidagi ijobiy iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik aloqalarni qo’llab-quvvatlash;
- Inklyuzivlik, resurslardan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashish, ofatlarga chidamlilik hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Senday asosiga muvofiq vazifalar ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha integratsiyalashgan siyosat va rejalarni qabul qiladigan hamda amalga oshiradigan shaharlar, aholi punktlari sonini ko’paytirish. 2015–2030 yillarda xatarlarni kamaytirish, barcha ofatlar xavfini boshqarish;
- Kam rivojlangan mamlakatlarni mahalliy materiallardan foydalangan holda ularga barqaror va bardoshli binolarni qurishda moliyaviy va texnik yordam orqali qo‘llab-quvvatlash.
Dunyo bo‘ylab shaharlar yer maydonining atigi 3 foizini egallaydi, lekin ular energiya iste’molining 60-80 foizini va uglerod chiqindilarining 75 foizini tashkil qiladi. Urbanizatsiyaning kuchayishi oziq-ovqat, energiya va suv kabi asosiy resurslarga kirishni kengaytirish, yaxshilashni talab qiladi. Bundan tashqari, sanitariya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, mobillik va axborot kabi asosiy xizmatlarga ehtiyoji bor. Biroq, bu talablar global miqyosda qondirilmayapti, bu esa o‘sib borayotgan kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish uchun shaharlarning hayotiyligi va xavfsizligi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish
Oqilona iste‘mol qilish va ishlab chiqarish modellariga o‘tishni ta’minlash
Barqaror rivojlanish 12-maqsadi Oqilona iste‘mol qilish va ishlab chiqarish modellariga o‘tishni ta’minlash (keying o‘rinlarda SDG 12 deb yuritiladi) deyiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biridir. SDG 12 resurslardan unumli foydalanish, energiya samaradorligini oshirish, barqaror infratuzilmani taʼminlash, asosiy xizmatlardan foydalanish, yashil va munosib ish oʻrinlarini taʼminlash hamda hamma uchun yaxshi hayot sifatini taʼminlashga qaratilgan. SDG 12 ni amalga oshirish uchun2030-yilgacha 11 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun 13 ko’rsatkich mavjud.
Birinchi 8 ta maqsad «maqsadli natijalar» deyiladi va ular quyidagilar:
- barqaror iste’mol va ishlab chiqarish namunalari bo‘yicha 10 yillik dasturlarni amalga oshirish;
- tabiiy resurslarni barqaror boshqarish va ulardan samarali foydalanishga erishish;
- chakana va iste’molchi darajasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan global oziq-ovqat chiqindilarini yarmiga kamaytirish, ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlarida oziq-ovqat yo‘qotishlarini, shu jumladan hosildan keyingi yo‘qotishlarni kamaytirish;
- kimyoviy moddalar va barcha chiqindilarni butun hayot aylanishi davomida ekologik jihatdan oqilona boshqarishga erishish;
- oldini olish, kamaytirish, qayta ishlash va qayta foydalanish orqali chiqindilarni ishlab chiqarishni kamaytirish;
- kompaniyalarni barqaror amaliyotlarni qabul qilishga undash;
- barqaror davlat xaridlari amaliyotini ilgari surish;
- hamma joyda odamlar barqaror rivojlanish uchun tegishli ma’lumot va xabardorlikka ega bo‘lishini ta’minlash.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:
- rivojlanayotgan mamlakatlarni ilmiy va texnologik salohiyatini mustahkamlashda qo‘llab-quvvatlash;
- barqaror rivojlanish ta’sirini monitoring qilish vositalarini ishlab chiqish va joriy etish;
- isrofgarchilikni rag‘batlantiradigan qazib olinadigan yoqilg‘i subsidiyalari kabi bozor buzilishlarini bartaraf etish.
Dunyo aholisining ortib borayotgani tabiiy resurslardan beqaror foydalanish bilan birgalikda sayyoramizga halokatli ta’sir ko‘rsatmoqda – iqlim o’zgarishiga, ekotizimlarning buzilishiga va ifloslanish darajasining oshishiga olib keladi. Ushbu o‘sib borayotgan muammolar natijasida barqaror iste’mol va ishlab chiqarish hukumatlarni, korxonalarni va fuqarolarni kamroq xarajat bilan ko‘proq va yaxshiroq ishlashga ilhomlantirishga qaratilgan, chunki u atrof-muhitni buzmasdan iqtisodiy o‘sishga yordam beradi. Shuningdek, resurslar samaradorligini oshirish barqaror turmush tarzini targ‘ib qiladi. Bundan tashqari, barqaror iste’mol va ishlab chiqarish ham qashshoqlikni kamaytirishga va kam uglerodli, yashil iqtisodiyotga o‘tishga hissa qo‘shishi mumkin. Shu sababli, Birlashgan Millatlar Tashkiloti har bir maqsad va uning ko‘rsatkichlariga tegishli bo‘lgan barcha tashabbuslarni, jumladan, ishlab chiqarishning ekologik toza usullaridan foydalanish, chiqindilarni kamaytirishni taklif qiladi. 2030-yilga kelib, qayta ishlangan materialning tonnasida o‘lchanganda, milliy qayta ishlash stavkalari oshishi kerak. Bundan tashqari, kompaniyalar barqaror amaliyotlarni qo‘llashlari va barqarorlik hisobotlarini nashr etishlari kerak.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish
Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish
Barqaror rivojlanish 13-maqsadi Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish (keying o‘rinlarda SDG 13 deb yuritiladi) deyiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biridir. SDG 13 2030-yilgacha erishilishi kerak bo‘lgan beshta maqsadni o‘z ichiga oladi. Ular iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni qamrab oladi. Dastlabki 3 ta maqsad «maqsadli natijalar» deyiladi va ular quyidagilar:
- iqlim bilan bog‘liq tabiiy ofatlarga chidamlilik va moslashish qobiliyatini kuchaytirish;
- iqlim o‘zgarishi bo‘yicha chora-tadbirlarni siyosat va rejalashtirishga integratsiya qilish;
- iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun bilim va salohiyatni shakllantirish.
Qolgan ikkita maqsadda BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasini amalga oshirish, rejalashtirish va boshqarish salohiyatini oshirish mexanizmlarini ilgari surilgan.
Hozirgi vaqtda iqlim o‘zgarishi dunyoning barcha mamlakatlarida global hamjamiyatga ta’sir ko‘rsatmoqda. Iqlim o‘zgarishining ta’siri nafaqat milliy iqtisodiyotlarga, balki hayot va yashash vositalariga, ayniqsa zaif sharoitlarda bo‘lganlarga ham ta’sir qiladi. 2018-yilda iqlim o‘zgarishi tabiiy ofatlar, masalan, katta o‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchilik, bo‘ronlar va toshqinlar chastotasini kuchaytirdi.
Toza energiya bo‘yicha SDG 13 va SDG 7 bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Parij kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun mamlakatlar eʼtibor qaratishi kerak boʻlgan issiqxona gazlarini tejashning yetakchi manbalari yoqilgʻini qayta tiklanadigan energiyaga oʻtkazish va yakuniy energiya samaradorligini oshirishni kelishib olganlar.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Dengiz ekotizimlarini asrash
Barqaror taraqqiyot yo‘lida okeanlar, dengizlar va dengiz zaxiralarini asrash va ulardan oqilona foydalanish
Barqaror rivojlanish 14-maqsadi (keying o‘rinlarda SDG 14 deb yuritiladi) deyiladi. . Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biridir. SDG 14 ni amalga oshirish uchun 2030-yilgacha 10 maqsad va taraqqiyot yo‘lini belgilash uchun ko’rsatkichlar mavjud.
Birinchi 7 ta maqsad «maqsadli natijalar» deyiladi va ular quyidagilar:
- dengiz ifloslanishini kamaytirish;
- ekotizimlarni himoya qilish va tiklash;
- okeanning kislotaliligini kamaytirish;
- barqaror baliq ovlash;
- qirg‘oq va dengiz hududlarini saqlab qolish;
- ortiqcha baliq ovlashga hissa qo‘shadigan subsidiyalarni tugatish;
- dengiz resurslaridan barqaror foydalanishdan olingan iqtisodiy foydani oshirish.
Qolgan 3 maqsad quyidagilar:
- okean salomatligi uchun ilmiy bilimlar, tadqiqotlar va texnologiyalarni oshirish;
- kichik baliqchilarni qo‘llab-quvvatlash;
- xalqaro dengiz huquqini qo‘llash va amalga oshirish.
Okeanlar va baliqchilik dunyo aholisining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlarini qo’llab-quvvatlaydi. Okeanlar sayyoramizning hayot manbai va global iqlim tizimining regulyatoridir. Ular dunyodagi eng katta ekotizim bo‘lib, millionga yaqin ma’lum turlar mavjud. Okeanlar yer yuzasining 2/3 qismidan ko‘prog‘ini egallaydi va sayyoradagi suvning 97% ni o‘z ichiga oladi. Ular sayyorada hayot mavjudligini saqlab qolish uchun zarurdir. Yomg‘ir suvi, ichimlik suvi, iqlim okeandagi issiqlik miqdori va oqimlari bilan boshqariladi. 3 milliarddan ortiq odam tirikchilik uchun dengiz hayoti bilan bog‘langan. Biroq, sanoat inqilobidan keyin kislotalilik 26 foizga oshdi. Okeanlardan barqaror foydalanishni targ‘ib qilish uchun okeanlarning kislotaliligi oshishining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun samarali strategiyalar zarur.
2020-yilgi Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha hisobotga koʻra, okeanlarni, dengiz muhitini va kichik baliqchilikni muhofaza qilish boʻyicha qilinayotgan saʼy-harakatlar resurslarni muhofaza qilish ehtiyojlarini qondirmaydi.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash
O‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llashishga qarshi kurashish, yer tanazzuli holatlariga chek qo‘yish va yer
unumdorligini qayta tiklash hamda biologik xilma-xillikning yo‘qolib ketish xavfini bartaraf etish
Barqaror rivojlanish 15-maqsadi O‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llashishga qarshi kurashish, yer tanazzuli holatlariga chek qo‘yish va yer unumdorligini qayta tiklash hamda biologik xilma-xillikning yo‘qolib ketish xavfini bartaraf etish (keying o‘rinlarda SDG 15 deb yuritiladi) deyiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biridir. SDG 15 2030-yilgacha erishilishi kerak bo‘lgan 12 ta maqsaddan iborat. Maqsadlarga erishish uchun 14 ko‘rsatkich bilan o‘lchanadi.
Birinchi 9 ta maqsad «maqsadli natijalar» deyiladi va ular quyidagilar:
- quruqlik va chuchuk suv ekotizimlarini saqlash va tiklash;
- o‘rmonlarni kesishni tugatish va buzilgan o‘rmonlarni tiklash;
- cho‘llanishni tugatish va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash;
- tog‘ ekotizimlarining saqlanishini ta’minlash, biologik xilma-xillik va tabiiy yashash joylarini muhofaza qilish;
- genetik resurslardan foydalanishni va imtiyozlarni adolatli taqsimlashni himoya qilish;
- muhofaza qilinadigan turlarning brakonerlik va savdosiga barham berish;
- quruqlikda va suv ekotizimlarida invaziv begona turlarning paydo bo‘lishini oldini olish;
- ekotizim va biologik xilma-xillikni hukumat rejalashtirishga integratsiya qilish.
Qolgan 3 maqsad quyidagilar:
- ekotizim va bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish uchun moliyaviy resurslarni oshirish;
- o‘rmonlarni barqaror boshqarishni moliyalashtirish va rag’batlantirish;
- global brakonerlik va odam savdosiga qarshi kurash.
Inson hayoti quruqlik va okeanlarga bog‘liq. SDG 15 kelajak avlodlar uchun barqaror turmush tarzini ta‘minlashga qaratilgan. Inson ratsionining 80% o‘simlik hayotidan iborat bo‘lib, qishloq xo‘jaligini asosiy iqtisodiy resursga aylantiradi. O‘rmonlar Yer yuzasining 30 foizini egallaydi, millionlab turlarning hayotiy muhitini ta’minlaydi. Toza havo va suvning muhim manbai bo’lib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv
Barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar qurilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish
Barqaror rivojlanish 16-maqsadi Barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar qurilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish (keying o‘rinlarda SDG 16 deb yuritiladi) deyiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biridir.
SDG 16 2030-yilgacha erishilishi kerak bo‘lgan 12 ta maqsaddan va 23 ko’rsatkich iborat.
Birinchi 10 ta maqsad «maqsadli natijalar» deyiladi va ular quyidagilar:
- zo‘ravonlikni kamaytirish;
- bolalarni zo‘ravonlik, ekspluatatsiya, odam savdosi va zo‘ravonlikdan himoya qilish;
- qonun ustuvorligini ta’minlash;
- odil sudlovdan teng foydalanishni ta’minlash;
- uyushgan jinoyatchilikka, noqonuniy moliyaviy va qurol-yarog‘ oqimiga qarshi kurashish, korrupsiya va poraxo‘rlikni sezilarli darajada kamaytirish;
- samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlarni rivojlantirish;
- sezgir, inklyuziv va vakillik qarorlarini qabul qilishni ta’minlash;
- global boshqaruvdagi ishtirokni kuchaytirish;
- universal yuridik shaxsni ta’minlash;
- aholining axborotdan foydalanishini ta’minlash va asosiy erkinliklarni himoya qilish.
Shuningdek, keyingi ikki maqsad zo‘ravonlikning oldini olish, jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy institutlarni mustahkamlash; kamsituvchi qonunlar va siyosatlarni ilgari surish, qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Zo‘ravonlik jinoyatlarini kamaytirish, jinsiy savdo, majburiy mehnat va bolalarni zo‘ravonlik qilishdan qaytarish aniq global maqsadlar. Xalqaro hamjamiyat tinchlik va adolatni qadrlaydi. Ular qonunlar ijrosini ta’minlaydigan, yanada tinch va adolatli jamiyat yaratishga yordam beradigan kuchli sud tizimlarini talab qiladi.
2025 © Qarshi davlat universiteti
Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik
Barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida global hamkorlikni faollashtirish
Barqaror rivojlanish 17-maqsadi Barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida global hamkorlikni faollashtirish (keying o‘rinlarda SDG 17 deb yuritiladi) deyiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015-yilda belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biridir. Maqsad 2030-yilgacha erishilishi kerak bo‘lgan 17 ta maqsaddan 25 ta ko’rsatkich iborat bo‘lib, ular besh toifaga bo‘lingan bo’lib, ularga moliya, texnologiya, salohiyatni oshirish, savdo va tizimli masalalardir.
SDG 17 2030-yilga qadar barcha maqsadlarga erishish uchun gegemon bo‘lmagan va adolatli sektorlar, mamlakatlararo hamkorlik zarurligini anglatadi. Bu mamlakatlarning siyosatini uyg‘unlashtirishga chaqirishdir. SDG 17 takomillashtirilgan va adolatli savdoni, shuningdek barqaror transchegaraviy rivojlanishni rag‘batlantirish uchun muvofiqlashtirilgan investitsiya tashabbuslarini ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Gap rivojlangan va rivojlanayotgan milliy davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va tartibga solish, SDGlardan umumiy asos sifatida foydalanish hamda ushbu hamkorlik yoʻlini belgilash uchun umumiy qarashlar haqida. U xalqaro savdoni rivojlantirishga intiladi, rivojlanayotgan mamlakatlarga adolatli, ochiq va hamma uchun foydali bo’lgan universal qoidalarga asoslangan hamda adolatli savdo tizimini ta’minlash uchun eksport hajmini oshirishga yordam beradi.
SDGga erishish uchun har yili 5 trillion dollardan 7 trillion dollargacha sarmoya talab etiladi. SDG 17ga erishish uchun har yili 5 trillion dollardan 7 trillion dollargacha sarmoya talab etiladi. 2017-yilda jami rasmiy rivojlanish yordami 147,2 milliard AQSh dollari sarf etilgan. Bu barqaror bo‘lsa-da, belgilangan maqsaddan past hisoblanadi. 2016-yilda oltita davlat rivojlanishga rasmiy yordamni yalpi milliy daromadning 0,7 foizi yoki undan yuqori darajada ushlab turish bo‘yicha xalqaro maqsadni bajardi. 2017-yilda 76 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga xalqaro pul o‘tkazmalari 613 milliard AQSH dollar miqdorida mablag‘ kiritildi.
Mojarolar yoki tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelgan gumanitar inqirozlar qo‘shimcha moliyaviy resurslar va yordam talab qilishda davom etmoqda. Shunga qaramay, ko‘plab mamlakatlar o‘sish va savdoni rag‘batlantirish uchun rasmiy rivojlanish yordamiga muhtoj. SDG 17 bo‘yicha global taraqqiyot xaritasi shuni ko’rsatadiki, dunyoning aksariyat qismida muhim va asosiy muammolar saqlanib qolmoqda. Amerika Qo’shma Shtatlari va Evropaning ko‘p qismi kuchli iqtisodiy ahvolga ega bo‘lgan ko‘plab mintaqalar juda yomon ishlaydi.
Muvaffaqiyatli barqaror rivojlanish dasturi hukumatlar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni talab qiladi. Prinsiplar va qadriyatlar, umumiy qarashlar hamda odamlar va sayyorani markazga qo‘yadigan umumiy maqsadlarga asoslangan ushbu inklyuziv hamkorlik global, mintaqaviy, milliy va mahalliy darajada zarurdir.
SDG 17 uzoq muddatli investitsiyalarga muhtoj bo‘lgan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘proq moslasha oladigan sektorlar va kompaniyalarni kuchaytirishga qaratilgan. Uning asosiy maqsadi mamlakatning energiya, infratuzilma, transport tizimlari, IT infratuzilmasi turli kommunikatsiya texnologiyalari kanallariga jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
2025 © Qarshi davlat universiteti


